Mavzu

9-bob. Auditoriya

9-sinf Informatika 5 savol 209

9-bob haqida umumiy ma’lumot


9-bob haqida umumiy ma’lumot

7-bobda AT tizimini ishlab chiqishda barcha mijozlar yoki o'z mijozingiz ehtiyojini qondirishning ahamiyati haqida o'rgangan edingiz. Bu bobda esa auditoriyaning bahosi va auditoriyaning ehtiyoji siz ishlab chiqayotgan mahsulotning asosiy bahosi ekanini o'rganasiz.

Auditoriya uchun multimediali taqdimot, ilmiy maqola, dasturiy ta’minotni o'rnatish bo'yicha ko'rsatma, relyatsion ma’lumotlar bazasi, veb sayt, hisobot, nutq, kunlik sport mashg'uloti natijasini kuzatish bo'yicha elektron jadval yoki mijozning ma’lumotlar bazasi kabilarni yaratishingizdan avval maqsadli auditoriyaning o'zi haqida kerakli ma’lumotlarni aniqlab olish zarur. Har qanday holatda ham istalgan hujjat yoki taqdimotni juda samarador yoki muvaffaqiyatli ishlab chiqish uchun o'z auditoriyangiz xohishlarini bilishingiz kerak. Ishlab chiqayotgan mahsulotingiz yaxshi qabul qilinishi uchun muhim omil hisoblangan auditoriya ushbu mavzuda nimani bilishini, yana nimalar bilishni xohlashini hamda ularning ehtiyojlarini o'rganish kerak bo'ladi.

Ushbu bo'limning maqsadini ifodalash uchun birinchi xatboshida sanab o'tilgan barcha turdagi hujjat yoki taqdimotni ifodalashda “taqdimot” so'zi umumiy holda qo'llanadi.

9.01 Auditoriyaning bahosi

Auditoriya ehtiyojlarini tahlil qilish Taqdimot yaratayotgan auditoriyangiz kutayotgan natijalarini tahlil qilganingizdan keyingina ularning talablariga yaqin bo'lgan taqdimotni yaratishni boshlavsiz.

Auditoriyangizning yosh oralig'i va ularning avvalgi faoliyati (9.01-rasm) kabi faktlarni bilib olishingiz mumkin. Ushbu jarayonni qadam-baqadam bajarish

maqsadga muvofiq:

a. Auditoriyangizdagi insonlar kim ekanini aniqlang. Boshqachasiga aytganda, taqdimotni kim qabul qiladi? Taqdimotni yaratishni nimadan boshlashni bilolmasangiz, ishni auditoriyani tahlil qilishdan boshlang.

b. Auditoriyangiz haqida nimani bilishingiz kerakligini aniqlang. Hamisha auditoriyaning tanlangan mavzu bo'yicha mavjud bilimlarini, shuningdek, demografik omillar: yosh, jins, irq va hokazolarni bilish talab qilinadi.

c. Tahlilni qanday o‘tkazish haqida bir qarorga keling va keyin uni o‘tkazish uchun kerakli vositani yarating. Yuqoridagi b) qadamda bilishni xohlagan narsalaringizni to'plash uchun so'rovnoma yoki intervyu savollari kabi usullarning

qaysi biridan foydalanishingizni belgilab oling.

d. Savollar to'plami tayyor bo'lishi bilan maqsadli auditoriya vakil guruhini tanlash kerak bo'ladi. Barchani tahlilga jalb qilish shart emas. Ushbu jarayon uchun vakil guruhini tanlaganingizga ishonch hosil qiling.

e. Ana endi xulosalaringizni tahlil qilish vaqti keldi. Buning uchun olingan natijalarni tezda umumlashtirishga yordam beruvchi elektron jadvaldan foydalanish mumkin.

f. Endi sizda o'z auditoriyangiz haqida yaxshi tasavvur paydo bo'ladi va uning ehtiyoji hamda maqsadini qondirishingiz mumkin.



Nima uchun yechimlar auditoriya ehtiyojiga mos kelishi muhim hisoblanadi?



Auditoriya ehtiyojini hisobga olish, ular uchun ishlab chiqiladigan yechim turi uchun kerakli omil hisoblanadi:

✔ Agar bu yangi routerdan foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar berilgan buklet bo'lsa, auditoriyangiz ilgari umuman router xarid qilmagan kishilaryoki AT mutaxassisi bo'lishi mumkin ekanini inobatga oling. Buklet auditoriyani inobatga olgan holda aniq tilda yozilishi talab qilinadi. Aks holda ko'rsatmalar bukleti samara keltirmaydi.

✔ Agar sizdan tashkilotda qo'llanadigan barcha hujjatlar uchun ichki stilni ishlab chiqish so'ralsa, qamrab olinishi kerak bo'lgan barcha axborotlar, shuningdek, tashkilotdagi undan foydalanuvchi kishilar bilan tanishib chiqishingiz talab qilinadi.

✔ Agar mijozning ehtiyoji qondirilmasa yoki talablari inobatga olinmasa (9.02-rasm), sizga pulni to'liq yoki umuman to'lamasligi mumkin.


9.02-rasm. Auditoriyaga nima kerak ekanini bilishingizga ishonch hosil qilish muhim.


Ko'p hollarda biror yangi loyiha ustida ishlashni boshlayotgan bo'lsangiz, shunchaki unga tezroq kirishishni xohlaysiz. Talab etilgan natijaga erishishni kafolatlash uchun ishni rejalashtirib boshlash kerak bo'ladi.

9.02 Huquqiy, ma’naviy, axloqiy va madaniy jihatdan baho berish AKTni loyihalash jarayoniga oid juda ko'p huquqiy cheklovlar mavjud. Ushbu dasrlikning 4-bobida ma’lumotlarni himoyalashga oid qonunchilik tamoyillari bo'yicha ayrim vazifalarni bajardingiz. Natijada ushbu qonunlar jismoniy shaxsning shaxsiy ma’lumotlari va tashkilotlarning maxfiy ma’lumotini himoyalash uchun foydalanilishini bilib oldingiz. Endi mualliflik huquqi qonunchiligining zaruriyatini ko'rib chiqamiz.

Mualliflik huquqi

Agar ishlab chiqaruvchi shaxs biror narsani ishlab chiqarishga ko'p vaqt sarflasa, ushbu sa’yharakatlar katta foyda keltirishini kutadi. Agar ishlab chiqarilayotgan mahsulot biror qattiq jism bo'lsa, bu oson amalga oshiriladi.

Tasavvur qiling, kompaniya yangi 3D printer ishlab chiqarib, uni savdoga qo'ymoqchi. Agar siz 3D printerdan foydalanmoqchi bo'lsangiz, uni xarid qilishingiz kerak bo'ladi. Siz mahsulot uchun to'laydigan narx printerni tayyorlash uchun sarf qilingan narxdan ancha yuqori bo'lishi mumkin. Chunki kompaniya mahsulot g'oyasini ishlab chiqish uchun sarflagan xarajatlarni ham mahsulot tannarxiga kiritib hisoblagan bo'ladi. Qolaversa, to'lovning bir qismi 3D printer g'oyasi va uning qanday ishlashini o'ylab topgan shaxsga ham sarflanishi kerak. Demak, xaridor pulning bir qismini printerning o'zi uchun, bir qismini ishlab chiqish xarajatlari uchun, yana bir qismini esa dastlabki g'oya uchun to'lar ekan. Printerning o'zi uchun pul to'lashingizni tushunish oson, biroq yuqorida keltirilgan yana ikkita alohida band uchun to'lov qilayotganingizni tushunish qiyinroq.

Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishi kompaniya laboratoriyasida o'tkazilishi mumkin. Bu yerdagi olimlarga maosh to'lash, ular foydalanadigan jihozlarni esa sotib olish talab qilinadi. 3D chop etish texnologiyasi asosida original g'oyalarni aniqlash murakkab jarayon hisoblanadi. Biror insonda, hattoki sizda ham ideal g'oya tug'ilib, ushbu g'oyani ro'yxatdan o'tkazgan bo'lishingiz mumkin. Agar kompaniya ushbu g'oyadan foydalanmoqchi va uni rivojlantirmoqchi bo'lsa, avvalo uning muallifidan ruxsat olishi va g'oyadan foydalanish uchun to'lov qilishiga to'g'ri keladi. G'oyalarni sotib olish ularni ko'ra olmaganingiz uchun murakkabdek tuyuladi. Kinofilmlarni DVD diskka yozish va ularni sotish jarayonini tahlil qilaylik. DVD disk – “qattiq” jism va juda arzon turishi mumkin. Biroq kompaniya filmni DVD diskka joylab, keyin uni sotish ishlarini amalga oshiradi.

Shuning uchun DVD diskning narxi tannarxidan ancha qimmatga aylanadi. Kinofilmni ishlab chiqish uchun avval boshqa kimdir hikoya yozishi, undagi qahramonlar rolini o'ynash uchun aktyorlar yollanishi, kimdir filmga musiqa bastalashi kerak bo'lgan. Hamma uchun unchalik aniq bo'lmagan bu qo'shimcha xarajatlar DVD disk sotib olayotganingizda to'lovga qo'shilgan jarayonlar hisoblanadi. Siz boshqalarning g'oyasi va malakasi uchun to'lov qilasiz. Bu ularning intellektual mulki hisoblanadi.



Biror usulda yozilgan yoki yozib olingan kitob, musiqa, san’at asari va shu kabi boshqa narsalarni himoya qiluvchi qonun mavjud. U mualliflik huquqi haqidagi qonundir. Mualliflik huquqi ariza orqali murojaat qilish shart bo'lmagan avtomatik qonun hisoblanadi. Agar biror narsa mualliflik huquqi bilan himoyalangan bo'lsa, bu mualliflik huquqi tegishli bo'lgan shaxsdan uni nusxalashga ruxsat olinishi kerakligini anglatadi va ko'pincha o'sha kishi mualliflik huquqidan foydalanganlik uchun o'ziga pul to'lashlarini so'raydi.

Dasturiy ta’minot kitob yoki jurnal maqolasi singari kompyuterda ishlab chiqiladi va dastur kodi yoziladi. Shu bois u himoyalanishi lozim. Dasturiy ta’minotga nisbatan mualliflik huquqi – dasturni ruxsatsiz foydalanishdan himoyalash usulidir. Bu dastur, veb sayt, o'yin va ma’lumotlar bazasiga taalluqli huquqdir. Odatda muallif dasturdan foydalanish uchun pul to'lanishini xohlasa, dasturdan foydalanish sharti va narxini aniqlovchi litsenziyani ham yaratadi.


Dasturlarni o'g'irlashga qarshi kurash federatsiyasi (FAST) – Buyuk Britaniyada dasturiy ta’minot sanoati tomonidan tuzilgan tashkilot bo'lib, foydalanuvchi tarafidan mualliflik huquqiga oid qonunlarni buzish holatlarining oldini olish bilan shig'ullanadi. Qonunbuzarlar javobgarlikka tortilishi va qo'lga olingan taqdirda, ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. FAST maslahat va yo'riqnomalar ham taqdim etadi.


Ma’naviy, axloqiy, madaniy va ekologik masalalar

Atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish barqaror yondashuv deyiladi. Chunki u kelajak avlod hayotini turli zarardan xalos etadi.

АКТ mahsulotlari va texnologiyalari bilan bog'liq shu va shunga o'xshash qadriyatlarni muhokama qila olishingiz uchun axloqiy muammolar kelib chiqishi mumkiniigini aniqlash maqsadida ayrim muhim savollar biian tanishib chiqishingiz talab qilinadi:

▶︎ Mahsulot jamoatchilik konvensiyasini ifodalaydimi yoki ularning buzilishiga olib keladimi?

▶︎ G'arb jamiyati uchun mo'ljallangan mahsulot Afrika yoki Yaqin Sharq madaniyatlarida yoki umuman jahon bozorida o'z o'rnini topa oladimi? Mahsulot ma’naviy qadriyatga ta’sir qiladimi? Boshqacha aytganda, mahsulot foydalanuvchining madaniy tuyg'usiga qanday ta’sir ko'rsatishi mumkin? Ayrim tasvirva shiorlar foydalanuvchini kamsitishi yoki haqoratlashi mumkin.

▶︎ Kelajak avlodga zarar keltirmaslik uchun salbiy ta’sirlarni kamaytirishga intilib, kelgusi oqibatlari qanday bo'lishini va mahsulot atrof-muhitga unchalik katta zararli ta’sir ko'rsatmasligini ta’minlash barqaror yondashuv deb ataladi.

▶︎ Barqaror rivojlanish, qayta ishlash va muhofaza qilish haqida qanday fikrdasiz?

Shuningdek, ushbu yo'nalishda faoliyat yuritadigan tashkilotlar ma’lumotning bir butunligini saqlash, hujjatni yaratish va uni saqlash, maxfiylikni asrash, firibgarlik hamda kompyuterdan noto'g'ri foydalanishning oldini olish bilan shug'ullanadi. Shuningdek, ulardan global AKTning o'z xodimlari va boshqalar uchun o'zgarishlarga ta’sirini hisobga olishi talab qilinadi.

Quyida loyiha bilan ishlash jarayonida e’tiborga olinishi kerak bo'lgan muammolar keltirilgan:

▶︎ Global muhit ifloslanishiga sanoat, transport va boshqa yo'nalishlarda yetkaziladigan zararni cheklovchi texnologik materiallardan foydalanish.

▶︎ Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish. Almashtirish mumkin bo'lgan energiya manbalari quyosh, shamol, gidroelektrik va oqim energiyasi kabi tabiiy qayta tiklanadigan manbalarni o'z ichiga olishi mumkin.

▶︎ Qayta tiklanadigan materiallar - foydalanish uchun tezda almashtirish mumkin bo'lgan materiallar hisoblanadi. Masalan, boshqariladigan o'rmonlardan olingan qog'oz kabi.

▶︎ Ko'p martalik mahsulotlar qayta ishlab chiqish zaruratisiz takroran foydalanishi mumkin bo'lgan mahsulot hisoblanadi. Masalan, eski sxemadan olingan va yangi sxemaga qo'yib qo'llanadigan chiplar. Qayta ishlash va takroran foydalanish mahsulotlari. Masalan, alyumin banka va qog'ozni qayta ishlab, yangi mahsulotlar ishlab chiqarish mumkin.



Internetni nazorat qilish

Internetni nazorat qilish kerakmi? Agar “ha” bo'lsa, unda kim internetni tartibga soladi va bunga qanday qilib erishish mumkin?

Ilgari hech qachon ommaviy kommunikatsiya va ijtimoiy o'zaro muloqot bugungi kunda internet taklif etayotgan imkoniyatlar kabi katta ta’sirga ega bo'lmagan edi. Ayni paytda hukumatda internetdan muloqot uchun qanday foydalanishimizni monitoring qilish uchun katta imkoniyatlar mavjud. Bu jarayonni o'rganish katta boshqotirmani hal etishga o'xshaydi (9.04-rasm): internetdan foydalanishni tartibga solish kerakmi? Agar bu savolning javobi "ha” bo'lsa, unda kim buni amalga oshiradi?



9.04-rasm. Internetni nazorat qilish.


Foydalanilayotgan saytni nazorat qiiishning eng oson usuli uni bioklashdir. Nomaqbul axborotning tarqatilishini to'xtatish uchun saytlar tez-tez bloklanadi. Bu jarayon bilan kurashish maqsadida ayrim mamlakatlarda katta jtimoiy tarmoq saytlari bloklangan.

Nomaqbul sanalgan axborotga yetaklovchi ba’zi qidirish so'rovlarini ham bloklash mumkin. Bunday harakat mazmunan internetni nazorat qilish hisoblanadi.


9.05-rasm. Yashash manzilingizga ko'ra turli saytlarga kirishda nima taqiqlanganini bilib olishingiz mumkin.




Bilimingizni sinab ko'ring!

Quyidagi vazifalarni daftaringizda bajaring.

9.01. Intellektual mulk nima ekanini tasvirlab bering. [2]

………………………………………………..

………………………………………………..

9.02. She’rva qo'shiq muailifidan tashqari mualiiflik huquqi haqidagi qonun bilan himoya qilinadigan shaxslarning to'rt nafarini sanang. [4]

………………………………………………..

………………………………………………..

………………………………………………..

………………………………………………..

9.03. “Qayta tiklanadigan materiailar” atamasi nimani angiatishini tushuntiring.

………………………………………………..

………………………………………………..

………………………………………………..

………………………………………………..

9.04. Internetdan foydalanishni nazorat qilishning afzallik va kamchiligini muhokama qiling. [8]

………………………………………………..

………………………………………………..

………………………………………………..

………………………………………………..


9.05. 3D printerga oid axloqiy muammolarni tasvirlang. [4]

………………………………………………..

………………………………………………..

………………………………………………..

………………………………………………..


9.06. Sizdan kompyuter jihozlarini chiqitga chiqarishga oid axloqiy masala haqidagi qisqa taqdimot bilan jonli auditoriya oldida chiqish qilishni so'rashdi. Taqdimotni yaratishdan oldin auditoriyangiz haqida nimalarni bilishingiz kerakligini yozing. [4]

………………………………………………..

………………………………………………..

………………………………………………..

………………………………………………..

………………………………………………..

………………………………………………..

………………………………………………..

………………………………………………..