Mavzu

14-bob. Stillar

9-sinf Informatika 1 media 5 savol 423

14-bob haqida umumiy ma’lumot

Turmushning harbir jabhasida, urfdagi kiyimlar-u qulay avtomobillarda, zamonaviy turarjoylarda muayyan stil ko'zga tashlanadi. Xo'sh, muayyan stil nimasi bilan farq qiladi? Odatda obyektning rangi, shakli va boshqa elementlari orasidagi ma’lum uyg'unlik shu obyekt stilga ega ekanini ko'rsatadi. Stil bir obyekt elementlarining o'zaro mos jihatlariga asoslanadi. Misol uchun, maktabingizni olaylik. Uning binosi boshqa maktablardan farqli ranglarga egaligini payqagansiz.

Uning ramzi va shiori, barcha ish yuritish hujjatlari va onlayn muloqot elementlarida ham o'zaro umumiylik mavjud. Shu kabi kompaniya yozishmalari va hujjatlari matnining shrift turi, rangi, foni va boshqa xususiyatlari ham umumiy uyg'unlikka ega bo'lishi kerak.

14.01 Korporativ brend va unga xos stil

Korporativ brend deganda kompaniyani imkon qadar katta omma va auditoriya orasida targ'ibot qilish tushuniladi. Bu targ'ibot odatda kompaniyaning barcha hujjatlari va onlayn materiallarida muntazam stil qo'llash orqali amalga oshiriladi. Korporativ stil ranglar, tasvirlar (logotip), shakl va boshqa elementlar yordamida bir kompaniyani boshqasidan farqlashga yordam berish uchun yaratilgan yagona stildir.

Korporativ bosma hujjatlarga korxona varaqasi, faks shablonlari, turli shakllar, hisob varaqlari, cheklar, sotuv kvitansiyalari va boshqalar kiradi. Shuningdek, aniq bir tashkilot yoki kompaniyaga tegishli stillar ham mavjud. Onlayn hujjatlarga veb saytlar va sahifalar, elektron pochta sahifalarining shabloni kabilar misoldir. Masalan, ta’lim muassasasi sahifasida onlayn test yoki so'rovnoma, ro'yxatdan o'tish shakli, forum va blog bo'lsa, ularga umumiy stil qo'llanadi.

Faksimil kabi bosma hujjatlar xuddi shu vazifani yanada samarali bajara oladigan onlayn muqobillari bois tez orada o'tmishda qolishi bashorat qilinmoqda.

O'ziga xos stillarning qo'llanishi korporativ brend g'oyasi bilan bog'liqdir. Logotip yoki o'ziga xos stilga ega bo'lmagan kompaniyaning foydali taklifini payqamay qolishingiz mumkin. Natijada kompaniyani boshqa tanishlaringizga tavsiya etolmaysiz. Bu esa, o'z-o'zidan, uning targ'ibotiga salbiy ta’sir ko'rsatadi.

Kompaniyaning stili ular haqidagi fikrning shakllanishiga yordam beradi. Reklamada kompaniyaga xos stilga qanchalik ko'p ko'zingiz tushsa, unga oid ma’lumotlarni shunchalik oson eslab qolasiz. Bu kompaniyaning mahsulot va xizmatlaridan faoliyati yaxshi yoritilmagan kompaniyaga qaraganda ko'proq foydalanishingiz ehtimoli oshadi.


14.02 Korporativ brendga xos stilga muvofiq hujjat tayyorlash.

Bu bo'limni yaxshi tushunish uchun bir nechta amaliy topshiriqlarni bajarish talab etiladi.


14.03 Sahifa/slayd izchilligini ta’minlash

Master sahifa va shablonlardan foydalanish orqali hujjatdagi barcha sahifalarning bir xil bo'lishini ta’minlaydi. Bu shrift turi, matnning tekislanishi, ustunlar oralig'i, bo'sh maydon va satrlararo oraliq, abzasdan oldingi va keyingi hujjatning har bir sahifasida b irx il bo'lishini anglatadi. Hujjatning har bir sahifasidagi maket va stilni alohida o'zgartirish orqali ham xuddi shu natijaga erishish mumkin, biroq matnni avvalgi sahifaga moslab b irx il aniqlikda tekislash ko'p vaqt va mehnatni talab etadi.

Shrift turi

Har bir dasturda tanlov uchun qator shrift turi mavjud. Odatda hujjatdagi har bir matn qismi uchun har xil kattalikdagi shrift o'lchami zarur, ba’zan esa farqli rang, shrift turi yoki o'lchamini kiritish kerak. Matn bilan ishlash dasturida matnni tekislash uchun Outline buyrug'idan foydalaning. Stilning izchilligini ta’minlash maqsadida qator, xatboshilar orasidagi hamda avvalgi va keyingi sarlavhalar oralig'idagi bo'sh joyni sozlash uchun shablondan foydalanish qo'l keladi. Yoki formatlash stilining belgilanganiga ishonch hosil qilish uchun placeholder (to'ldiruvchi)larni faollashtiring.

Turli auditoriya uchun mos shrift turi

Shriftlar o'quvchining ma’lumotni talqin qilishiga ta’sir etadi. Shu asosda odamlar matnni o'qish yoki o'qimaslikni hal qiladi. Odamlarga turli shriftlar yoqadi. Muammo shundaki, bir kishiga yoqqan shrift boshqa kishiga yoqmasligi mumkin. Ammo foydalanuvchilararo umumiy amaliyotlar mavjud va ularni qo'llash odatda ijobiy natija beradi. Serif shriftlari Sans-serif shriftlariga nisbatan ancha qulay va chiroyli ko'rinadi, biroq Sans-serif shriftlari tartibli, aniq va jiddiy qiyofasi sababli ko'proq e’tibor tortadi (14.08-rasmga qarang).

Kursiv, yozma bezakli shriftlar noodatiy ko'rinishga ega va biroz urfdan qolgan bo'lib, taklifnoma, tabriknomalar yoki veb saytning ayrim qismlarida qo'llanadi. Ekranda ularni o'qish qiyinchilik tug'diradi. Mac, PC kabi kompyuterlarda oldindan o'rnatilgan shriftlar bo'ladi. Mac odatda Helvetica yoki Geneva shriftini qo'llasa, PC uchun Calibri yoki Arial muqobil tanlov. Verdana kabi yanada neytral shrift ham Mac, ham PC uchun mos keladi.

Umuman olganda, har bir shrift ijobiy yoki salbiy eslatma sifatida xizmat qilgani bois shrift turini har bir shaxs o'z didiga qarab tanlaydi. Mijozlaringiz yoqtirmaydigan shriftni tanlash biznesingizga salbiy ta’sir ko'rsatishi ehtimoli bor. Shrift tanlash reclama materiallari uchun ham muhim ahamiyatga ega.

Ular qog'oz yoki ekranga mo'ljallanganiga qarab auditoriyada har xil hissiyotni uyg'otadi. Vizual jihatdan e’tibor tortadigan hujjatlarni yaratish tashkilotning kelgusi taqdiriga jiddiy ijobiy ta’sir ko'rsatadi. Demak, ommaga ma’qul shriftni tanlay bilish nihoyatda muhim.


Xatboshi belgilari

Klaviaturadagi Enter tugmasi orqali oxirgi gap va yangi xatboshi orasida ma’lum bo'shliq qoldirasiz. Ehtimol, uni yangi xatboshi boshlashdan oldin satrni ajratish uchun ikki marta bosishingiz mumkin. Agar xatboshi belgilaridan foydalanilsa, matndagi belgilar muallif klaviaturada oxirgi marta qachon Enter tugmasini bosganini ko'rsatadi (14.11-rasmga qarang). U yangi xatboshi qayerdan boshlanishini bildiradi.


14.11-rasm. Xatboshilar orasida hamda sarlavhadan oldin va keyin bo'shliq qoldirilishini ta’minlash uchun xatboshi belgilaridan foydalanish. Sarlavhaning oxirida ham xatboshi belgisi joylashgan bo'lib, u sarlavha matnidan oldin va keyin bo'sh joy masofa mavjudligini bildiradi.

Qatorlar orasidagi masofa Ayrim o'quv materiallarida matn qatorlari orasida ikki qator oraliq masofa qoldirilishi talab etiladi. Buni amalga oshirish uchun butun matnni belgilang va quyida ko'rsatilgan bo'limdan kerakli miqdorni tanlang (14.12-rasm).



14.12-rasm. Line Spacing uskunasidan foydalanish.

Qator oraiiq masofasi uchun formatlash stilini sozlashga oid yana bir usui 14.13-rasmda ko'rsatilgan.

14.13-rasm. Paragraph spacing uchun Styles uskunasidan foydalanish.

Xatboshi uchun oraiiq masofa compact, tight, open, relaxed yoki double ko'rinishida bo'ladi. Xatboshini 14.14-rasmda ko'rsatilgandek sozlashingiz mumkin.

14.14-rasm. Joriy hujjat uchun xatboshi oralig'ini sozlash hamda chegarasini o'rnatish.