16-bob haqida umumiy ma’lumot
Grafik va diagrammalar – raqamli ma’lumotlarning vizual ko'rinishi bo'lib, inson miyasiga ma’lumotlar turlari va ularning kategoriyalari o'rtasidagi munosabatlarni osonroq tushunishga yordam beradi. Raqamli ma’lumotlarni diagrammalar va grafikalar ko'rinishida taqdim etish - ularni taqqoslash, kelgusi trendlarni prognoz qilish, tarixiy tendensiyalarni kuzatish imkonini beradi. Maktab ma’muriyati grafiklardan foydalanib o'quvchilarning o'zlashtirishini – ularning turli fanlar, choraklar bo'yicha baholari, o'quv choraklari, test sinovlaridan erishgan natijalarini o'zaro taqqoslashi mumkin.
Diagramma yoki grafikda trendlarning o'sgani, pasaygani yoki o'zgarmagani yaqqol tasvirlanadi. Shu asnoda siz diagramma orqali trenddagi o'zgarishlarni kuzata olasiz: masalan, o'quvchining o'zlashtirishi pasayganda diagramma trendi pastga qarab yo'naladi. Diagrammalar ehtimoliy voqea-hodisalarni taxmin qilish imkoniyatini beradi. Deylik, o'quvchi o'zlashtirishini yaxshilay oladimi? Ba’zi muassasalar imtihonlarda o'quvchilarning avvalgi baholari va bazada mavjud boshqa ma’lumotlar asosida yaqinlashayotgan imtihon natijalarini prognoz qiladi.
16.01 Grafik yoki diagramma yaratish
Diagramma yaratishdan avval uning maqsadlarini aniqlab oling. Auditoriyaga qanday g'oya yetkazmoqchisiz? Bundan tashqari, diagramma yoki grafiklarturini, ularga oid atamalarni yaxshilab o'rganing. Maqsadlardan kelib chiqib, auditoriyaga yetkazmoqchi bo'lgan g'oyangiz uchun eng mos grafik yoki diagramma turini aniqlang. 16.01-rasmda grafik va jadvallarning turlari aks etgan.
16.01-rasm. Turli diagramma va grafik turlari.
Ustunli diagramma - bu toifalar bo'yicha qiymatlarni taqqoslash uchun eng optimal diagramma. Misol uchun, u o'quvchilarning baholarini taqqoslashda qo'l keladi.

16.02-rasm. Toifalar bo'yicha qiymatlarni ustunli diagramma yordamida ifodalash (bu holatda turli talablar misol qilingan).
Diagramma va grafik elementlari
Diagramma yoki grafik sarlavha, toifa, X o'q, Y o'q, legenda, qiymat kabi qismlardan tarkib topadi. Sarlavhada auditoriyaga diagrammaning asosiy maqsadi ko'rsatiladi. 16.02-rasmda o'quvchilarning baholari o'zaro taqqoslangan diagramma keltirilgan. Bu vaziyatda toifalar o'quvchilarni ifodalamoqda. Yodda tuting, toifalar hamisha mavzuga muvofiq belgilanadi. Masalan, bir xil mahsulotning bir nechta do'kondagi narxini ifodalovchi diagrammangizda toifa o'quvchi emas, balki do'konlar bo'lishi mumkin. Toifalar gorizontal X o'qda joylashadi.
Qiymat - har bir o'quvchining bahosini ko'rsatib beradi. U vertikal Y o'qda joylashadi. Birdan ortiq qiymatni taqqoslash uchun gistogramma (bar chart) muqobil tanlovdir (16.03-rasmga qarang).

16.03-rasm. Toifalar bo'yicha bir necha qiymatlarni gistogramma yordamida taqqoslash. Bu yerda toifa o'quvchilarni, qiymat - ularning bahosini ifodalaydi.
Mavzuning davomini kuzatish uchun o'qituvchingiz taqdim etgan Asset 16.01.xlsx faylidagi elektron jadvalni oching.
Chiziqli grafikiar - toifaning muayyan vaqt oralig'idagi natijasini trendlar yordamida ochib beradi. 16.04-rasmda bitta toifa berilgan: Jasurning to'rtta vazifa ijrosi bo'yicha ko'rsatkichlari. Ko'rib turganingizdek, trend tobora pasayib borgan, demak, Jasur keyingi topshiriqni avvalgisiga nisbatan qoniqarsiz bajargan.
16.05-rasmda ikkita kategoriya uchun trendlar ko'rsatilgan.
Ko'rib turganingizdek, Jasurning trendida pasayish, Jamilanikida esa o'sish aks etgan. 16.05-rasmda birdan ortiq trendlar aks etadi va bir nechta toifaga ko'ra o'zaro taqqoslanadi.

16.04-rasm. Jasurning vazifalarni bajarishi (trendi)ni ko'rsatish uchun chiziqli grafik yordamida ifodalashdan (vaqt o'tishi mobaynida) foydalanish.

16.05-rasm. Bittadan ortiq toifa uchun trendni chiziqli grafik yordamida ifodalash.
Diagramma yoki grafik yaratishda ma’lumotlarni belgilash Qo‘zg‘almas ma’lumotlarni belgilash.

16.06-rasm. Diagramma yoki grafik yaratishga oid atamalar.
O'qituvchingiz taqdim etgan Asset 16.01.xlsx faylidagi elektron jadval ma’lumotlaridan foydalanib o'quvchilarning 1- va 2-chorakdagi baholari ifodalangan diagramma yarating Buning uchun ustunli jadvalni tanlang va kerakli ma’lumotlarni belgilash uchun Select data buyrug'idan foydalaning. Ochilgan oynada ma’lumotlar seriyasining nomini (deylik, 1-chorak) yozasiz va qiymatini belgilaysiz. Bu 1-semestr kabi ketma-ket nomlarni qo'shishingiz uchun oynani ochadi, keyin esa seriyali qiymatlarni tanlaydi. Bu qo'zg'almas ma’lumotning bitta to‘plami, ya’ni 1-chorakka oid ma’lumotlarni jadvalga kiritadi. Shundan keyin “OK” tugmasini bosing. Qo'zg'almas ma’lumotning ikkinchi to'plamiga, ya’ni 2-chorakka oid axborotni kiritish uchun yuqoridagi amallar ketma-ketligini takrorlang (16.07-rasmga qarang).

16.07-rasm. Qo'zg'almas ma’lumotlarni belgilash. Oxirgi bosqichda gorizontal o'q yorlig'ini kiriting (16.08-rasmga qarang).

16.08-rasm. O'q yorlig'ini qo'shish.
Diagramma yoki grafik yaratishda qo‘zg‘aluvchan ma’lumotlarni belgilash
Qo‘zg‘aluvchan ma’lumot – bu ma’lumotlar oralig'i yoki bir-biriga bog'langan, diagrammalar va grafikiar yaratishda osongina belgilanadigan hamda diagrammalarga kiritiladigan ma’lumotlar seriyasi.


Grafik/diagramma tuzishda tegishli ma’lumotlar oralig'ini qanday belgilash kerak
Grafik yoki diagramma tuzish uchun muayyan ma’lumot oralig'ini belgilashda turli klaviatura tugmalari kombinatsiyasidan foydalanish sizga qulaylik yaratadi.
Masalan, bir nechta sahifada joylashgan yirik hajmli ma’lumotlarni saralash uchun “Ctrl + Shift + 8” kombinatsiyasi qo'l keladi. Quyidagi amaliy topshiriqda qator kombinatsiyalarva ularning vazifasi bayon qilingan, Ulardan qanday foydalanish xususida turli yorliqlar bilan mashq qilishingiz mumkin.
Diagramma va grafik turlari
Ustunli diagramma va grafiklar
Diagramma yoki grafik yaratar ekansiz, eng avvalo auditoriya manfaatiga mos diagramma yoki jadval tanlashni unutmang. Toifalar bo'yicha qiymatlarni taqqoslash uchun ma’lumotlarni ifodalashda misollarda ustunli diagramma yoki grafik eng optimal tanlov ekani xususida yuqorida to'xtalib o'tdik. O'quvchilarga oid ma’lumotlar misolida toifa — o'quvchilarning ismi, qiymat esa ularning olgan bahosi bilan ifodalanadi.

Gistogrammalar
Ustunli diagramma va gistogrammalar shaklan o'xshash bo‘lsa-da, ular bir ma’lumotni boshqacha usullarda aks ettirishga xizmat qiladi. Gistogrammalar bir nechta qiymatlarni ifodalash uchun juda mos. Ular o'zgaruvchan qiymatlarni ifodalash yoki “What-lf” kabi ssenariylarda qo'l keladi. 16.02-rasmdagi kabi holatda o'quvchilarning bir nechta testdan baholari diagrammada ifodalash mumkin edi. Bunda ularning muayyan vaqt, deylik, choraklar davomida olgan baholari ifodalanadi. Muqobil ravishda o'quvchilarning test variantlarini yechishi bo'yicha taqqoslasa bo'ladi. Natijada o'zingizni qiziqtirgan masalalar kelib chiqadi. Deylik, savollar berishingizga imkoni yuzaga keladi, masalan, o'quvchi kutilgandan ham past yoki baland baho olsa nima bo'ladi? Demak, gistogramma birdan ortiq qiymatlarni oddiy diagrammadan ko'ra tushunarli ifodalaydi. Bir qarashda ko'p qiymatga ega jadvaldan ko'ra o'quvchi maqsadli baholashdan qanchalik uzoqligini ko'rishingiz mumkin edi.
Chiziqli grafiklar
Chiziqli grafiklar vaqt trendlarini ifodalash uchun eng mos grafik turidir. Yuqorida bir o'quvchining muayyan vaqt oralig'idagi o'zlashtirishi tasvirlangan. Xuddi shu tarzda vaqt o'tishi bilan bir nechta o'quvchining muayyan vaqt oralig'idagi o'zlashtirishini sinov natijalari orqali osongina taqqoslash mumkin.
Doirasimon diagrammalar
Doirasimon diagramma (ba’zida “pirog diagramma” deyiladi) butun element tarkibidagi har bir qiymatni alohida ifodalash uchun eng mos jadval turidir. Deylik, mazkur diagramma yordamida har bir odamning umumiy jamg'armadagi ulushini tasvirlash mumkin. Bunda har bir kishining umumiy miqdordagi hissasi foizda ko'rsatiladi. Elektron jadvaldagi qiymatlar yig'indisi 100 ga teng bo'lmasa ham, tizim avtomatik hisoblash orqali doirasimon diagrammani foiz ko'rsatkichlari bilan ifodalaydi.
Sohali diagramma va grafiklar
Sohali diagramma (16.09 (a)-rasmga qarang) muayyan vaqt oralig'ida ma’lumotlarning bir nechta to'plamini taqqoslashda qo'l keladi. Chiziqli grafiklarga shaklan o'xshasa ham, sohali diagramma ostida rangli chiziqlar bo'ladi. Uning kamchiligi shundaki, katta qiymatga ega ma’lumotlar seriyasi kichik qiymatdagilarni bloklab qo'yadi. Bu muammoni bartaraf etish uchun Transparency uskunasini faollashtirib, diagrammaning barcha konturlarini yaqqolroq ifodalash kerak.
Nuqtali diagramma va grafiklar
Nuqtali diagramma sonlarning ikkita to'plami o'rtasidagi munosabatni ifodalash uchun asqatadi (16.09(b)-rasmga qarang). Aytaylik, sizda X va Y o'qlarga oid ma’lumotlar borva ularning qiymatlari o'rtasidagi bog'liqlikni ko'rsatmoqchisiz. Bu vaziyatda aynan nuqtali diagramma muqobil tanlov. X qiymatni chap tomonga joylashtiring, aks holda diagramma noto'g'ri talqin qilinadi. X va Y o'qlari yorlig'i raqamlar ustunining yuqori qismida tursin.

16.09-rasm. Sohali diagramma (a) va nuqtali diagramma (b)ga misollar.
Diagramma va grafikning boshqa turlari.

16.10-rasm. Diagramma va grafikning boshqa turlari.
16.10-rasmda jadval va grafik namunalari berilgan. Ular orasida yuqorida muhokama qilingan turlarning kombinatsiyasi ham uchraydi.

Diagramma va grafiklarga yorliq qo'shish
Diagramma yoki grafikka yorliq qo'shishga oid yangi atamalar juda ko'p. Siz ularning har birini yaxshi tushunib olishingiz lozim. Shundan keyin amaliy topshiriqni bajarasiz.
Sarlavha odatda diagrammaning yuqori qismida ko'rsatiladi. Unda diagrammaning mazmun-mohiyati haqida yaxlit ma’lumot aks etishi kerak. Asosiy sarlavha ba’zi gorizontal va vertikal o'qlar sarlavhasi yoki yorliqlardan farqlanadi.
Sektor yorlig'i — 16.09 (a)-rasmda ko'rsatilgandek, diagrammaning kichik qismi uchun yorliq. Sektorga yorliq qo'shish uchun diagrammani bosing va Alt Text tugmasi yordamida formatlang (16.11-rasmga qarang).

16.11-rasm. Grafik va diagrammalarga sarlavha qo'yish.
Xuddi shu amaliyot diagrammada sektor qiymatlari, legenda, segment yorliqlari va qiymatlari, toifa o'qi sarlavhasi va ko'rsatkichi, qiymat o'qi ko'rsatkichi, yorliqlar hamda shkalalarni qo'shishingiz mumkin (16.12-rasmga qarang).

16.12-rasm. Yorliq nomlarini tahrirlash.
Muhimi, ularning ma’nosini tushunib oling. Demak: sektor – doirasimon digrammaning bir bo'lagi. Segment – radar diagrammaning bir qismi.
Legenda – diagramma qismlarining rangi nimani anglatishini ifodalovchi kalit yoki kod. Shkala – X va Y o'qlarning o'lchami. Uni o'zgartirish mumkin.

Diagrammada ko'rsatishni istagan ma’lumotlaringizni belgilab oling. Keyin Insert menyusidan kerakii diagramma turini tanlangva OK tugmasini bosing. 16.13-rasmdagi kabi diagramma yaratildimi? Endi unga mos sarlavha qo'ysangiz bo'ladi.

16.13-rasm. Diagramma va grafiklarga sarlavha qo'yish.

16.14-rasm. Tegishli diagramma maketini tanlash.
