10.01 АКТ foydalanuvchisi bilan elektron xat orqali muloqot qilish
Foydaianuvchilar o'zaro muloqot qilish uchun bir qancha dasturdan foydalanishlari mumkin. Ulardan eng keng tarqalgan usullardan biri elektron pochta (email) hisoblanadi. Bunda muloqot qiluvchi ikkita shaxsda ham elektron pochta dasturi bo'lishi kerak, biroq dastur aynan birxil turga mansub bo'lishi shart emas. Elektron pochta dasturi orqali xabaryozilishi, fayllar ilova qilinishi, elektron xabarni qabul qiluvchi tanlanishi va xabar yuborilishi mumkin. Elektron xat qabul qiluvchi ham buning teskarisini amalga oshirishi: elektron xabarni o'qishi, ilova qilingan faylni yuklab olishi va elektron xabarni kim yuborganini ko'rishi mumkin.
Internet xizmatidan yakka va guruh muloqoti uchun ham foydalaniladi. Elektron xabar bir zumda uni qabul qiluvchi shaxsning pochta qutisiga kelib tushadi. Shuni unutmangki, aloqaning haqiqiy tezligi foydalanuvchi elektron pochtani qancha vaqt oralig'ida tekshirishi va o'qishiga bog'liqdir.
Elektron pochta xizmatining afzalligi shundaki, elektron xabar jismoniy manzilga emas, insonga yuboriladi.
Elektron xabar foydalanuvchi aslida elektron pochtadan foydalanayotgani yoki yo'qligidan qat’i nazar, aniq manzilga yetkaziladi. Foydalanuvchi qayerda bo'lsa ham, elektron xabarni istalgan kompyuterda ochishi mumkin. Aloqa qilishning bunday usuli ko'p safar qiluvchi insonlar, ayniqsa, ko'p muloqotda bo'lishi talab qilinadigan tadbirkor kishilar uchun qulay hisoblanadi.
Cheklov
Mamlakat qonunlari

Elektron xabar yozishda nimalarni hisobga olish kerak ekanini yodda tuting:
• auditoriyangiz vakillari kimlar ekani;
• ularning sizga munosabati qandayligi;
• siz yuborgan elektron xabar siz haqingizda qanday taassurot uyg'otishi.
Elektron pochtadan foydalanish bo'yicha ayrim maslahatlar:
➤ Xabar yuborishdan oldin xabarni qisqa va professional tarzda yuborish o'rinli bo'lishiga ahamiyat qiling.
➤ Insonning o'ziga ayta olmaydigan xabaringizni unga elektron ko'rinishda yubormang.
➤ Mavzu juda muhim sanaladi. Har doim elektron xabar nima haqidaligini ko'rsatuvchi mavzu qatoridan foydalanish kerak. Qolaversa, ayrim foydaianuvchilar mavzu qatori bo'sh bo'lgan elektron xatni ochmaydi.

10.01-rasm. Elektron xabar nima haqidaligini ko'rsatish uchun ishonchli mavzu tanlanganiga amin bo'ling.
⫸ Salomlashuv va imzo. Elektron xabar yozayotganingizda uni shunchaki matn bilan boshlamang, mavzuga mos salomlashuv so'zidan foydalaning. Shuningdek, elektron xabarni yozib tugatgach, uning oxiriga ismingizni joylash ham muhim hisoblanadi.
⫸ Boshqa insonni ham elektron pochta orqali tashkil etilgan suhbatga qo'shish. Agar xabar nusxasini biror kishiga yubormoqchi bo'lsangiz, cc deb nomlangan maydondan foydalaning. bcc maydonidan esa elektron xabarni uni qabul qiluvchiga bildirmagan holda boshqa kishiga yuborish uchun foydalaniladi.
⫸ Xabarni qisqa va tushunarli qilib yozing.
⫸ Agar kasbiy faoliyatga oid rasmiy xabar tayyorlayotgan bo'lsangiz, grammatik jihatdan xatosini, imlo va tinish belgilari, bosh harflardan to'g'ri foydalanilganini tekshirish uchun uni qayta o'qib chiqishingiz talab qilinadi.
Tarmoq axloqi va mualliflik huquqi
“Tarmoq axloqi” atamasi inglizcha “netiquette” so'zining tarjimasi bo'lib, u internet so'zidagi “net” hamda “etiquette” so'zlarining birlashmasidan hosil qilinadi.
Ushbu atama internetda post joylayotganingizda samimiy bo'lishni va boshqalar fikrini hurmat qilishni anglatadi. Agar siz internetdagi onlayn guruhlarning muhokamalarida qatnashib kelayotgan bo'lsangiz, aksariyat guruhiar o'zini tutishning turli qoidalariga amal qilishlarini allaqachon bilsangiz kerak.
Amal qilish kerak bo'lgan ayrim umumiy qoidalar quyidagilar:
➯ Internet foydalanuvchilarini haqorat qilish mumkin emas.
➯ Siz samimiylikni saqlagan holda boshqalarning fikr va qarashlarini ma’qullamasligingiz mumkin.
➯ Spam tarqatmang.
➯ Postlaringizni aniq qilib yozing, ushbu postlar hamma uchun ochiq va doimiy ekanini uni bo'lajak ish beruvchi (8-bobga qarang), ota-onangiz, do'stlaringiz, kelajakda farzandlaringiz kabi insonlar o'qishi mumkinligini yodda tuting.
➯ Mualliflik huquqiga ega bo'lmasangiz, himoyalangan materiallarni post qilmang, aks holda mualliflik huquqiga egalik qiluvchi shaxs tomonidan javobgarlikka tortilishingiz mumkin.
➯ Elektron xabar mualliflik huquqi haqidagi qonunni buzishi mumkinligi hayratlanarli holat, biroq fotosurat, video, matn va musiqa yaratilgan vaqtdan boshlab mualliflik huquqi bilan himoyalanadi. Umuman olganda, agar sizga elektron xat yuborilsa va siz uni boshqalarga tarqatsangiz, mualliflik huquqini buzishingiz mumkin!
Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (WIPO) qonunlariga ko'ra, “Deyarli barcha mamlakatlar qonunchiligida mualliflik huquqi muhofazasi mahsulot yaratilishi bilan boshlanishi nazarda tutilgan”. Shu bois oldingi abzasda aytib o'tilgan mahsulotlar himoyalanishi uchun qandaydir mualliflik huquqi belgisi (c)ga yoki Barcha huquqlar himoyalangan yozuviga muhtoj emas.
Mualliflik huquqi haqidagi qonun zamonaviy texnologiya rivojlanishiga to'liq mos kelmaydi. Elektron xabarni tarqatish alohida nazoratga olinmagan va bu odatiy holat hisoblanadi. Biroq xuddi qo'lyozma maktubni nusxalash va tarqatish mualliflik huquqini buzgani kabi boshqalarning elektron xatini tarqatish yoki veb sahifani nusxalash mualliflik huquqining buzilishiga olib kelishi mumkin.
Agar elektron xat o'zida tahdidni ifodalasa, undan sudda dalil sifatida foydalanish ayrim mamlakatlar qonunchiligida belgilab qo'yilgan.

Xavfsizlikka bo'lgan ehtiyoj
Xakerlar hujumi, virus, spam, phishing va shaxsiy ma’lumotni o'g'irlash kabi tahdidlar ko'payishi sababli elektron pochta xavfsizligi biznes uchun ustuvor masala bo'lib qolmoqda (8-bobga qarang).
Elektron pochta xavfsizligi nima uchun muhim? Xavfsizlikning to'liq ishlamasligi unga virus tushishiga hamda tizimning buzilishiga olib keladi. Tijorat nuqtayi nazaridan qaraganda, ma’lumot va mavjud yozuvlar yo'qotilishi kabi tizimdagi nosozliklar biznesga jiddiy zarar keltiradi. Shuningdek, yuridik jihatdan, biznes raqibingiz bo'lgan shaxsga o'zingiz anglamagan holda yuborgan virusning tarqalishi natijasida keltirilgan moliyaviy zarar uchun javobgarlikka tortilish ehtimoli mavjud.
4-bobda paketli ma’lumotlar tarmoq bo'ylab harakatlanishi hamda tarmoqdagi kompyuter va boshqa jihozlar ushbu ma’lumotlarni, shu jumladan elektron xabarlarni tarmoq bo'ylab harakatlanishi uchun maqbul yo'nalishni aniqlashi haqida ma’lumotlar berilgan.
Paket analizatori haqida eshitganmisiz?

10.02-rasm. Paket analizatori raqamli tarmoq orqali o'tuvchi har bir paketni tahlil qilishi va kodini ochishi mumkin bo'lgan dasturdir.
Paket analizatori “paket iskovchi” dastur (10.02-rasm), tarmoq analizatori, simsiz analizator va boshqa nomlar bilan ataladi. Paket analizatori - ma’lumotlar paketi tarmoqda harakatlanayotganda ularni tutib qolishga qodir kompyuter dasturi yoki qurilma. U ma’lumotlar paketidagi maydonlarning qiymatini topish va kontentni tahlil qilish uchun ma’lumotning kodini ochadi.
Analizator barcha ma’lumotni emas, balki uning fragmentini ko'radi. Biroq elektron xabarni aniqlash biroz oson hisoblanadi, chunki u “Subject” maydonini yoki “Mail from: <yuboruvchi>” kabi SMTP buyrug'ining (10.02-bo'lim) bir qismini ko'radi. Elektron xabar qabul qiluvchiga yetib borguncha elektron xat turli mamlakat yoki tashkilotlar tomonidan ekspluatatsiya qilinadigan qurilma, kabel va havo yo'llari orqali harakatlanadi Safar paytida spam emasligi yoki zararli dasturdan iborat emasligini aniqlash uchun istalgan joyda uni skanerlash mumkin. Elektron xat qabul qiluvchi shax: qaysi turdagi reklamaga javob berishi mumkinligini bilish uchun kontentni o'qiydi.
Elektron xabarni ayrim sababiarga ko'ra shifrlash kerak. Xavfsizlikka bo'lgan ehtiyoj internet hamda SMTP, Telnet, FTP va DNS (10.02-bo‘limga qarang) kabi protokollar hisoblash amallarini boshqa shaklga o'tkazuvchi yangi texnologiyalar bo'lgan paytda bugungi kundagi kabi muammo hisoblanmagan bo'lar edi. Endi esa bunday chuqur ildiz otgan tizimga xavfsizlik tizimlarini kiritish oson bo'lmaydi.
Transport Layer Security (Transport qatlami himoyasi protokoli, TLS; SSLning evolyutsiyasi) – elektron pochta joylashgan serverda emas, balki serverlararo harakat yo'lida ushlab qolinmasligini ta’minlash maqsadida foydalanish mumkin bo'lgan usullardan biri.
Ushbu jarayonni quyidagicha ham ifodalash mumkin: elektron xabar kompyuterdan chiqib ketishidan oldin ham, yo'nalish bo'ylab joylashgan serverda qisqa vaqt harakatlanayotganida ham, yetib borgan serverida ham shifrlanmaydi.
8-bobda parol xavfsizligini asrash maqsadida bir nechta akkauntda bir xil paroldan foydalanmaslik hamda topishga oson bo'lgan parollarni qo'llamaslik haqidagi ma’lumotlarga ega bo'lgan edingiz.
Parollarni, shu jumladan, elektron pochta akkaunti parolini sir saqlashingiz kerak.
Spam
Spam nima? Bu - elektron pochtaga kelgan, lekin siz xohlamagan xabar. Spam pochta qutisi orqali qog'oz ko'rinishida ham qabul qilinadi. Aksariyat elektron pochta provayderlari sizga yuborilgan spamning katta qismini filtrlaydi, biroq ulardan ayrimlari o'tib ketadi va bu yoqimsiz bo'lishi, shuningdek, tahdidlarni yuzaga keltirishi mumkin (10.03-rasm).


Spam yuboruvchilarspamni tarqatish uchun o'zi to'plagan elektron pochta manzillaridan iborat ro'yxatni tuzadi. Internetdan foydalanishda birorveb saytdan ro'yxatdan o'tish, online dasturiy ta’minot yoki biror narsani xarid qilish uchun ro'yxatdan o'tish jarayonida sizdan boshqa manbalar orqali ma’lumot yuborilishiga rozi ekaningizni bildiruvchi tasdiq belgisini qo'yish yoki uni olib tashlash so'raladi.
Agar bu haqida biisangiz va rozilik berishdan awal yaxshilab o'qib chiqsangiz, o'zingizni spamdan ancha saqlagan bo'lasiz. Biroq spamning aksariyat qismi siz qabul qilishga rozilik bildirmagan xabardan iborat bo'ladi. Hattoki siz elektron pochta manzilini ehtiyotkorlik bilan bo'lishsangiz ham, spam tarqatuvchilar elektron pochta manzilini qonuniy to'playdigan insonlardan elektron pochta ro'yxatini sotib olishlari mumkin.
Spam bilan qanday kurashish mumkin?
Spam bilan kurashishda yordam beradigan maslahatlar quyidagilardan iborat:
✓ Biror veb saytda ro'yxatdan o'tayotganingizda elektron xabar yuborilishiga rozi ekaningizni bilish uchun shartlar bilan to'liq tanishing, tanlashingiz yoki rad qilishingiz mumkin bo'lgan belgini toping.
✓ Qabul qilayotgan har qanday marketing xabarining quyi qismidagi unsubscribe (Obunani rad etish) funksiyasidan foydalaning. Natijada sizning ma’lumotlaringiz tarqatmalar ro'yxatidan o'chiriladi.
✓ Elektron pochta akkauntingizda Mark as Spam (Spam sifatida belgilash) funksiyasidan, shuningdek, Block Senders (Yuboruvchilarni bloklash) funksiyasidan foydalaning.
✓ Parolingiz himoyalanganiga ishonch hosil qiling (8-bobga qarang).
✓ Antivirus dasturingiz yaroqli holatda ekanini tekshirib turing.
Elektron pochta guruhlari
Elektron pochta guruhlari kontakt ro'yxati yoki ma’lumotlarni tarqatish ro'yxati kabi bir xil xabarni bir necha elektron pochtaga yuborish jarayonini osonlashtiradi. Agar xabarni kontaktlar guruhiga yuborsangiz, bu ko'p vaqtni tejaydi, chunki har bir oluvchining manzilini kiritib chiqishingiz shart emas. U bu guruhning barcha a’zosiga bir vaqtda yuboriladi. Kontakt guruhini yaratish elektron pochta akkauntingizda foydalanish mumkin bo'lgan funksiyadir.
10.02 Internetdan samarali foydalanish 4-bobda ta’kidlanganidek, internet butun dunyodagi foydalanuvchilar, jamiyat va mamlakatlarni o'zaro bog'lashda foydalaniladigan o'zaro bog'langan global kompyuter tarmog'idir. Intranet esa tashkilotning ichidagi xususiy kompyuter tarmog'idir. Intranet internet texnologiyasidan foydalanishga qaramasdan, u global internetdan himoyalangan bo'iadi.
Butunjahon internet tarmog‘i (www yoki web) nima va u internetdan qanday farq qiladi? Ayrim o'rinlarda “internet” va “Butunjahon internet tarmog'i” atamalari o'zaro almashtirgan holda qo'llanadi, biroq yuqoridagi ta’rifdan ko'rish mumkinki,
ular o'zaro bog'liq bo'lgani bilan bir xil narsa emas. Internet dunyo bo'ylab millionlab kompyuterlarni o'zaro bog'lovchi infratuzilmani hosil qiluvchi keng qamrovli tarmoqlarning yig'indisini ifodalaydi. Butunjahon internet tarmog'i internet orqali axborotdan foydalanish usulidir. U ma’lumotlarni uzatish uchun gipermatn uzatish protokoli (HTTP)dan foydalanadi. Bu dastur muloqot qilish va axborotni almashish imkonini beradi.

www gipermatn yordamida o'zaro bog'langan veb sahifalarga kirish uchun Internet Explorer, Safari, Firefox va Chrome kabi brauzerdan foydalaniladi. Shunday qilib, butunjahon internet tarmog'i shunchaki axborotlarni internetdan foydalanib tarqatish usuli hisoblanadi. Biroq elektron pochta butunjahon internet tarmog'idan emas, internetdan foydalanadi. Elektron pochta ma’lumotni uzatish uchun aloqa protokoli hisoblanuvchi oddiy pochta uzatish protokoli (SMTP)dan foydalanadi.
URL manzilning tuzilishi Siz bilishingiz kerak bo'lgan boshqa atamalar ham mavjud. 4-bobda har qanday muayyan veb sahifaning noyob manzili hisoblanuvchi yagona resurslar lokatori (URL) bilan tanishdingiz. Bu maktubni qayerga yuborishni ko'rsatish uchun konvertning tashqi tomoniga manzilni yozish singari ishlaydi.

Shunday qilib, URL-manzil internetdagi resurs qayerda joylashgani haqidagi to'liq ko'rsatma bo'lib, bir nechta qismdan iborat. Texnik jihatdan URL manzil qismi hisoblanmaydigan birinchi qism foydalanilgan protokolni anglatadi (odatda http), shuningdek, https (gipermatn uzatish protokolining xavfsiz varianti) yoki ftp (fayllarni uzatish protokoli) kabi boshqa protokollarga ham ishora qilishi mumkin. 10.01-jadvalda bu bobda muhokama qilingan (va yana bir nechta) har xil protokollar keitirilgan.

10.01-jadval. Internet protokollar.
Veb brauzer va qidirish mexanizmi
Veb brauzerdan qanday maqsadda foydalaniladi? Veb brauzer – internet serveridan veb sahifani qidirib topish va uni foydalanuvchiga namoyish qilishda foydalaniladigan dastur hisoblanadi.
Qidirish mexanizmidan qanday maqsadda foydalaniladi?
Qidirish mexanizmi milliardlab veb sahifalarni indekslagan veb saytdir; u internetda axborotni qidirish uchun qo'llanadi. Agar har qanday qidirish mexanizmining bosh sahifasiga o'tsangiz, qidirish uchun kalit so'z kiritiladigan maydonni ko'rasiz. Kalit so'zga eng muvofiq keluvchi sahifaning uzun ro'yxati hosil qilinadi. Ushbu dasturiy ta’minotning o'zaro farqi nimada? Siz brauzerdan internet orqali ma’lumotga kirish uchun foydalanasiz va qidirish tizimi sizga uni topib beradi. Qidirish tizimiga kirish va undan foydalanish imkoniga ega bo'lish uchun sizga brauzer kerak.


10.04-rasm. Odatiy blog saytning muqova sahifasi.
Wiki kommunikatsiya vositasi sifatida
Wiki - bu o'zining yaratilishida ishtirok etishingizga imkon beruvchi veb saytdir (10.05-rasm). Haqiqatan ham, veb sayt kontentini yaratish yoki uni tahrirlash mumkin. Shunday qilib, bu doimiy tekshirib turiladigan hamkorlik veb sayti hisoblanadi. Wikipedia bunga yaqqol namuna bo'la oladi.

10.05-rasm. Wikipedia sahifasi.

Blogda keng ommaga xabar yuborish va boshqalarning xabariga izoh qoldirish imkoniyati mavjud bo'lishiga qaramay, hech kim post yoki izohni o'zgartira olmaydi. Wiki foydalanuvchiga ma’iumotni o'zgartirishga imkon beradi. Shuning uchun blogda ko'proq shaxsiy fikr, wikida esa guruh fikriga oid ma’lumotlar mavjud.
Ijtimoiy tarmoq veb saytlari aloqa vositasi sifatida
Ijtimoiy tarmoqlar qanday aloqa qilishimizning markaziy qismini tashkil qiladi va onlayn hamjamiyatlar bunda juda katta ta’sir ko'rsatadi. Bu shaxslar bilangina cheklanmaydi; barcha darajadagi kompaniyalar uni marketing va brendlash vositasi sifatida qo'llaydi.
Yirik tashkilotlar o'z kompaniyalari yoki mahsulotlari haqidagi munozaralarni kuzatib boradi, chunki ijtimoiy tarmoqlardagi munozaralarning jamoaviy ovozi ularning muammolari, shuningdek, e’tibor tortadigan narsalar haqida ogohlantirib, o'zlarining marketingini shunga mos ravishda yo'naltirishiga imkon yaratadi.
Ular o'zlari taklif qilayotgan narsalar haqida xabarlar yetkazadi, shuningdek, blogdagi postlarva tvitlar tashkilotlarga hamjamiyatlar yaratishda yordam beradi, bularning barchasi o'z mahsulotlarini yoki xizmatlarini ommalashtirishga ko'maklashadi. Bu esa ijtimoiy tarmoqlarning marketingga bo'lgan an’anaviy yondashuvlariga nisbatan ancha tejamkor hisoblanadi. Ijtimoiy tarmoqlarda aloqaning turli darajasi mavjud. Shuningdek, “bevosita xabar almashish” deb ataluvchi imkoniyat mavjud bo'lib, u siz bilan aloqani o'rnatgan kishiga ijtimoiy tarmoq ichida bevosita xabar yuborish imkonini beradi. Bu ko'plab keraksiz xat va siz hech qachon eshitmagan insonlardan xabarlarni qabul qilishi mumkin bo'lgan elektron pochtadan foydalanish ehtiyojisiz bir kishidan boshqasiga bevosita xabar yuborishidir. Ijtimoiy tarmoqlarning aksariyati uchun bunday bevosita xabarlarda ruxsat etilgan belgilar soni cheklangan bo'ladi.
Bu an’anaviy elektron pochtani qayta ko'rib chiqishga chorlaydi. Elektron pochtaning haligacha o'z o'rni bor, lekin undan foydalanish ish joylarida ko'p vaqt yo'qotishga olib keladi, sababi odamlar kunning ko'p qismini elektron xabarlarni boshqarish bilan o'tkazishlari mumkin (10.06-rasm). Bu elektron pochta o'z o'rnini saqlab qolishi uchun xabarlar qisqa va diqqat markazida bo'lishi kerakligini anglatadi.

10.06-rasm. Ish joyida bo'lgan odamlar electron pochtani samarali boshqarish uchun vaqt topishga qiynalishlari mumkin.
Internetdan foydalanishning afzallik va kamchiliklari
Internet foydalanuvchi noutbuk, planshet va smartfonga nega ko'p vaqt sarflashining asosiy sabablaridan biridir.
Bu juda qiziqarli va foydali vosita, lekin internetdan foydalanishda juda hushyor bo'lishingiz kerak. Internetdan foydalanishning afzallik va kamchiliklari ro'yxati berilgan 10.03-jadvalga nazar soling.

10.03-jadval. Internetdan foydalanishning afzalliklari va kamchiliklari.

Internetda topilgan axborotning ishonchliligini qanday baholash mumkin
Axborotning ishonchliligini bilishga yordam beradigan bir nechta usullar:
➢ Muallif: axborotni kim yaratgan?
➢ Aniqlik: ma’lumot internet, kitob yoki jurnalda nashr etilgan ayni mavzu bo'yicha boshqa axborotlarga mos keladimi? Imlo va grammatik xatodan xolimi?
➢ Dolzarblik: hujjatda nashr etilgan sana ko'rsatilganmi? U o'z dolzarbligini yo'qotmaganmi yoki hali ham talabga javob beradimi? Linklar yangilanganmi, ularning barchasi ishlayaptimi?
➢ Subyektivlik: tashkilot veb serveridagi hujjat siyosat yoki muayyan falsafiy qarashlar bilan bog'liqmi? Sayt faqat bitta individual ko'rinishni aks ettiradimi (bu uning bosh sahifasi hisoblanadimi)?
➢ Mamlakat va domen: bu hukumat sayti (.gov)mi yoki ta’lim sayti (.edu, ,ac)mi? Bu notijorat tashkilotmi (.org)? Ko'pchilik mamlakat kodlari qat’iy nazorat qilinmasa-da, mamlakat kodi qanaqa ekanligini ko'rib qo'ygan yaxshi.



Imtihon uslubidagi savollar
Quyidagi savollarning javobini daftaringizga yozing.
10.01. Elektron pochta guruhlari nima ekanini tasvirlang. [1]
………………………………………………..
………………………………………………..
………………………………………………..
………………………………………………..
10.02. Veb saytni baholashda tekshirishingiz kerak bo'lgan to'rtta narsani tushuntiring. [4]
a ………………………………………………..
b ………………………………………………..
c ………………………………………………..
d ………………………………………………..
10.03. Blog va wiki o'rtasidagi farqni muhokama qiling. [3]
………………………………………………..
………………………………………………..
………………………………………………..
………………………………………………..
………………………………………………..
………………………………………………..
10.04. Veb brauzer va qidirish tizimi orasidagi farqni tushuntiring. [3]
………………………………………………..
………………………………………………..
………………………………………………..
………………………………………………..
………………………………………………..
10.05. HTTP va HTTPS o'rtasidagi farqni tushuntiring. [2]
………………………………………………..
………………………………………………..
10.06. Internet va World Wide Web orasidagi farqni tushuntiring. [4]
………………………………………………..
………………………………………………..
………………………………………………..
………………………………………………..
………………………………………………..
………………………………………………..
………………………………………………..
………………………………………………..