Korporativ Brend va Unga Xos Stil
Korporativ brend nima?
Korporativ brend — kompaniyaning o'ziga xos vizual identifikatsiyasi bo'lib, shrift, rang, logo va dizayn elementlarining yagona tizimini anglatadi.
Korporativ uslub elementlari
| Element | Tavsif |
|---|---|
| Logo | Kompaniya belgisi va nomi |
| Rang palitasi | Birlamchi va ikkilamchi ranglar |
| Tipografiya | Belgilangan shrift turlari |
| Rasmlar uslubi | Foto va grafik elementlar |
| Ton va ovoz | Muloqot uslubi |
Brendbuk nima?
Brendbuk — korporativ uslibning barcha qoidalarini o'z ichiga olgan rasmiy hujjat. U dizaynerlar, marketing mutaxassislari va xodimlarga mos materiallar tayyorlashda yo'l-yo'riq beradi.
Microsoft Word da korporativ stil qo'llash
- Mavzu (Theme) — rang va shrift kombinatsiyasi
- Stil to'plami (Style Set) — sarlavha va matn stillari
- Rang palitasi — brend ranglariga mos o'zgartirish
- Shablon saqlash — .dotx formatida kelajak uchun
Uyga vazifa
Darslik 176-177-betlar. O'zingizga mos oddiy korporativ stil ishlab chiqing.