7-bob.
Tizimning xizmat davri
7-bob haqida umumiy ma’lumot
Tasavvur qiling, biror tashkilot yoki mijoz o‘z tizimlarining birida muammoiar mavjud yoki uni takomillashtirish kerak deb hisoblamoqda. Bu holatda tizim tahlilchisi muammo qayerda ekani va tizim qay tarzda yaxshilanishi mumkinligini aniqlaydi. So'ng tahlilchi yechimni amalga oshirish rejasini tuzadi hamda bu rejani ishlab chiqish va sinab ko'rish uchun dasturiy ta’minot guruhiga topshiradi. Keyin esa tahlilchi tizimni tashkilotga kiritish usulini rejalashtiradi va tizimga kelgusida texnik xizmat ko'rsatish ishlarini tashkillashtiradi. Ushbu jarayon tizimlarning xizmat qilish davri deb nomlanadi. U quyidagi bosqichlarning yig'indisi sanaladi:
- tahlil; joriy qilish;
- loyihalash; hujjatlashtirish;
- ishlab chiqish va sinov; baholash/texnik xizmat ko'rsatish.

Aksariyat dasturiy ta’minot tizimining xizmat qilish davri bir-biriga o'xshaydi, faqat bosqichlarning nomi farqlanishi mumkin. Tahlilchilar jarayonni boshidan boshlamaydi va bevosita oxirigacha ishlab chiqmaydi. Ular biror bosqichga yetganda qayta rejalashtirish zaruriyatini anglaydi. Yoki, deylik, ular tizimdagi muayyan xatoni aniqlab, ortga qaytadi va loyihani o'zgartiradi. Bu jarayonga tizimlar xizmat qilish davrining zinapoya modeli deyiladi (7.01-rasmga qarang). Har bir bosqichda yakuniy mahsulotni takomillashtirish uchun oldingi bosqichlarning istalgan biriga qaytish ehtimoli bor. Bu iteratsiya deb ataladi.

7.01-rasm Tizimlar xizmat qilish davrining zinapoya modeli.
7.01 Tahlil
Tahlil bosqichi muammoni aniqlash va texnik-iqtisodiy asoslash bilan boshlanadi. Bu bosqich mijozning talab va ehtiyojlarini aniqlash uchun u bilan birgalikda muammoni ko'rib chiqishdan iborat.
Xodimlar o'z kompaniyasining qanday ishlashi, muammoning tabiati va yechim uchun qancha mablag' sarflay olishini biladi. Tahlilchi esa kompyuter tizimlari va yechim haqida ma’lumotga ega. Tahlilchi muammoni bartaraf etish yo'llari bayon etilgan hisobotni tayyorlaydi. Bu texnik-iqtisodiy asoslash deb ataladi. Texnik-iqtisodiy asoslash qabul qilingach, ma’lumot to'plash boshlanadi.
Mavjud tizimni o‘rganish usullari
Ma’lumotlar bir nechta usulda to'planadi:
✔ Kuzatish. Tizim tahlilchisi tashkilotdagi vaziyatni kuzatish orqali o'rganadi. U vazifalarning bajarilish usuli va xodimlarning vazifalari o'rtasidagi aloqalarni tushunishga harakat qiladi. Bu usulning afzalligi shundaki, unda faqat tizim tahlilchisi (tahlilchilari) ishtirok etadi. Kamchiligi esa agar odam o'zini kimdir kuzatayotganini bilsa, odatdagidek ishlamaslikka moyil bo'ladi.
✔ Intervyular. Tizim tahlilchisi tashkilotda vazifalar ijrosi qay ahvoldaligini va qaysi ishlar talab darajasida bajarilmayotganini aniqlash uchun ayni damda tizimni boshqarayotgan odamiar bilan savol-javob qiladi. Savollarni oldindan tayyorlash shart emas. Tahlilchi sinchkov, mantiqiy mulohaza yuritish qobiliyatiga ega bo'lsa, istalgan ma’lumotga oson ega bo'ladi.
✔ So‘rovnoma. Bu usul yordamida qisqa vaqt ichida ko'pchilikning fikrini bilib olish mumkin. So'rovnomalar intervyu usuli bilan solishtirganda tahlilchining vaqtini sezilarli darajada tejaydi. So'rovnomada ishtirok etgan har bir odam o'z fikrining inobatga olinishini biladi. Shuningdek, barchaga so'rovnomani to'ldirishdan oldin o'z javoblarini ko'rib chiqish imkoniyati beriladi. Mazkur usulning kamchiligi shuki, ba’zilar uni jiddiy qabul qilmaydi.
✔ Hujjat to‘plash. Tashkilotdagi aksariyat jarayon va protseduralar hujjatlarda qayd etiladi. Tahlilchi kirish va chiqish ma’lumotlarini o'rganish davomida quyidagiga o'xshash savollarga javob qidiradi: ma’lumotlar qanday to'planadi? Qanday ma’lumotlar to'planadi? Ma’lumotlar to'plab bo'lingandan keyin nima qilinadi? Bu usulning kamchiligi — tashkilotda ishlamaydigan odam uchun hujjatlarni darhol tushunish ko'pincha qiyin bo'ladi. Natijada ma’lum bir ma’iumotni aniqlashtirish uchun kim bilandir intervyu o'tkazishga to'g'ri keladi. Shuningdek, hujjatlar har doim ham tizim haqidagi barcha jarayon va protseduralarni ochib bermaydi. Shu sababli ishlov berilmagan ma’lumotlar to'planishi, o'rganilishi va qayd etilishi kerak. Ba’zan bu to'plangan ma’lumotlarda bo'shliqlar kelib chiqadi. Bu esa chalkashlikni bartaraf etish uchun qo'shimcha intervyu zaruriyatini anglatadi.
Bu kabi ma’lumotlar bilan ishlashning eng yaxshi usuli – diagrammadan foydalanish. Diagrammada tizim va hujjatlar orqali o'tayotgan ma’lumotlar oqimi aks ettiriladi. U tizimdagi barcha kiritilgan va chiqarilgan ma’lumotlar, ularning qayta ishlanishini aniqlaydi.
Shuningdek, diagrammada hujjatlarni saqlash tafsilotlari va ular o'rtasidagi aloqadorlik ham ko'rsatiladi. Tizimning texnik ta’minotini ifodalash uchun boshqa
diagrammalardan foydalansa bo'ladi. Muhimi, mavjud tizimning barcha xususiyatlari aniqlanishi kerak. Bu bosqichda joriy tizim haqidagi ma’lumotlarni yozib olayotgan va tahlil qilayotgan vaqtingizda kiritilayotgan va chiqarilayotgan ma’lumotlarni aniqlash, joriy tizimni ko'rib chiqish va uning muammolarini ilg'ash muhimdir.
Mavjud muammolarni ko'rib chiqish bilan birga, har bir foydalanuvchi laming yangi tizimdan kutayotgan talablarini aniqlash ham muhimdir.
Zarur parametrlar
Tahlilchi mavjud tizim va uning muammolari haqida ma’lumot to'plar ekan, yechim uchun zarur bo'lgan parametrlar ro'yxati ham shakllanib boradi. Bu ro'yxat talab etilgan parametrlar bo'lib, u tashkilotning tizimga yuklamoqchi bo'lgan vazifalari, tizimni saqlash talablarining tafsilotlari va kerakli texnik-dasturiy ta’minot haqidagi ma’lumotlarni o'z ichiga oladi. Zarur parametrlar tashkilotning istaklarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun tahlilchi o'z zimmasiga oladigan ishlar ro'yxatini aks ettiradi.
Bu kelishuv ikkala tomon uchun ham nihoyatda muhim bo'lib, unda kutilayotgan natijalar aniq ko'rsatilishi kerak. Kelishuv yakuniy baholash uchun asos bo'luvchi ‘‘qoidalar”ni o'z ichiga oladi. Zarur parametrlar kelishib olingach, keyingi bosqichga o'tiladi.


7.01-jadval. Turli tahlil usullarining afzallik va kamchiiiklari.
7.02 Loyihalash
Barcha kompyuter tizimlari quyidagi komponentlardan iborat:
➤ ma’lumot kiritish;
➤ ma’lumotni qayta ishlash;
➤ ma’lumot chiqarish;
➤ ma’lumotni saqlash.
Ma’lumotlarni chiqarish ekranining dizayni
Dizayn bosqichining maqsadi natijaning qanday ko'rinishga ega bo'lishini hal qilishdir. Ishni oxiridan boshlash noodatiy tuyulishi mumkin, ammo tahlilchining vazifasi muayyan ishni bajaradigan tizimni yaratishdan iborat. Boshqacha qilib aytganda, jarayonning eng muhim qismi — tashkilot jarayon yakunida nimaga erishmoqchiligi bo'yicha aniq to'xtamga kelish. Mijozga natija yoqsa, uning butun yechimni qabul qilish ehtimoli yuqori bo'ladi. Tasavvur qiling, mijoz pochta orqali yetkazib berish kompaniyasi. U tahlilchidan telefon operatoriga buyurtmalarni telefon orqali qabul qilish imkonini beruvchi tizim ishlab chiqishni so'raydi.
Mijozning xohishiga ko'ra, operator avval mahsulot boryoki yo'qligini aniqlashi, keyin buyurtmani qabul qilishi kerak. Unga tizim buni qanday bajarishi aslida qiziq emas. Tahlilchi ma’lumot chiqadigan ekranlar dizaynini ishlab chiqadi, keyin ularning prototipini yaratadi. Bu prototip yetarlicha real ko'rinishda bo'lib, mijoz va xodimlar uni ko'rib, o'z istaklariga qanchalik mosligini aytish imkonini beradi. Ma’lumot chiqarish ekranlarini loyihalashtirar ekansiz, maketni muvofiq ishlab chiqishga e’tibor qarating.
Ekranda chiqadigan kontent, avvalo, foydalanuvchilar uchun tushunarli bo'lsin. Mijoz va tizimdan foydalanuvchi xodimlar ishning barcha bosqichida ma’lumot chiqarish ekranlari dizayni yakuniy maqsadga mosligi yuzasidan sharh berib tursin.

7.02-rasm Tahlilchi mijozning dizayn bo'yicha
fikr bildirayotgan xodim lari bilan.
Masalan, mijoz har bir ma’lumot chiqarish ekranida kompaniya logotipi turishini, fon uchun korporativ rangdan foydalanishni xohlaydi. Xodimlardan biri ayrim ranglarni ajrata olmaydi. Bu esa ba’zi ranglardan foydalanmaslikni talab etadi. Bu kabi tafsilotlar tizim xizmat davrining tahlil bosqichida aniqlanmasa, tahlilchi oldingi bosqichga qaytishga, zarur parametrlarni, shuningdek, dizaynni o'zgartirishga majbur bo'ladi.

Ma’lumotlarni kiritish ekrani dizayni
Ma’lumot ekranlari ishlab chiqilgach, kiritiluvchi ma’lumotlar aniq bo'ladi. Demak, kiritish ekranlarini ishlab chiqish mumkin. Ma’lumot kiritish ekranlari xuddi chiqarish ekranlaridagi kabi birxil prototip yaratish jarayonidan o'tadi. Biroq kiritiluvchi ma’lumotlarning hammasi ham ekran orqali kiritilmaydi. Tahlilchi ma’lumotlarning qanday to'planishi haqida bir to'xtamga kelib, ularni kiritish usulini ishlab chiqadi. Masalan:
Ma’lumotlarni avtomatik to'plovchi vositalar kerakmi? Misol uchun, sensor binoga kimdir kirgani yoki harorat haqida tizimga xabar beradi.
✔ So'rovnomalar (ma’lumot to'plash shakllari) kerakmi? Agar shunday bo'lsa, javoblar varaqasi maxsus OMR yoki OCR mashinasi o'qiydigan tarzda ishlab chiqiladimi?
✔ Ma’lumotlar klaviatura yordamida kiritiladimi yoki ekran yordamida? Tizimga kiritilgan ma’lumotlarning to'g'riligini tekshirish ham muhim. Chunki kompyuter tizimidagi ma’lumotlar qancha to'g'ri bo'lsa, tizimning o'zi ham shuncha bexato ishlaydi. Shu sabab kiritilayotgan ma’lumotlar tekshirilishi va tasdiqlanishi kerak.

7.04-rasm. Xodimlar haqidagi hisobotning printerda chop etilishidan avvalgi ko'rinishi.

7.05-rasm. Xodimlar haqidagi hisobotning printerda chop etilgan ko'rinishi.

7.06-rasm. Ekran maketi namunasining ko'rinishi.
Ma’lumotlarning tekshirilishini ta’minlash uchun o'rnatilgan maxsus amailar validatsiya deb ataladi. Quyidagi jadvalda bunga ba’zi misollar keitirilgan.

7.02-jadval. Kiritiladigan ma’lumotlarni validatsiya qilish amallari.
Verifikatsiya tekshiruvi ma’lumotlarning boshidan tizimga to'g'ri uzatilishini ta’minlaydi. Verifikatsiya usuli visual tekshiruv yoki axborotni ikki marta kiritish, so'ng ikkita axborot to'plamlarini taqqoslashdan iborat bo'iadi.
Verifikatsiya muhokamasi tartibi uchun 20-bobga qarang. Ma’lumotlarni saqlash Tahlilchi ma’lumotlarni kiritish va chiqarish qanday bo'lishini aniqlagandan so'ng ma’lumotlarni saqlash jarayonini boshlaydi. Bu jarayonda quyidagi masalalar inobatga olinadi:
➠ Har bir element haqida qancha ma’lumot saqlanishi kerak?
➠ Saqlanadigan ma’lumotlarning umumiy hajmi qancha va ular kelajakda o'zgaradimi?
➠ Turli ma’lumot elementlariga qachon ulaniladi? Kerakli ma’lumotlardan erkin foydalanish imkoniyati qanchalik tez bo'lishi kerak?
➠ Ma’lumotiardan kimlar erkin foydalana olishi kerak? Bunday erkin foydalanish qanday boshqariladi?
➠ Xotira uchun qanday texnik ta’minot kerak bo'iadi?
Qayta ishlash
Bosqich so'ngida tahlilchi kerakli natijani olish uchun kiritilgan ma’lumotlarga qanday ishlov berilishini ishlab chiqadi. Bu nuqtada tizim dizaynini hamda kerakli natijaga erishish uchun turli qismlar qay tarzda birga ishlashini yaxshi tushunish talab qilinadi. Endi tizim dizaynining texnik xususiyatlari ishlab chiqiladi va bundan keyingi bosqichda ma’lumot kiritish uchun foydalaniladi.


7.03 Ishlab chiqish va sinab ko‘rish
Hozir tizim loyihasi quyidagi bo'limlardan tashkil topgan ma’lumotlarni kiritish bo'limi, ma’lumotlarni chiqarish bo'limi, ma’lumotlarni saqlash bo'limi va ma’lumotlarni qayta ishlash bo'limi. Vaziyatga qarab tizimga qo'shimcha bo'limlar qo'shish yoki mavjud bo'limlarni yana bir nechta bo'limlarga ajratish mumkin. Ushbu turli bo'limlar modullar deb ataladi va aksariyat dasturlar ularning ichida yoziladi. Jarayonni tezlashtirish uchun har bir modul turli dasturchilar tomonidan kodlansa ham bo'iadi. Modullar yakunlanganda to'liq dastur yechimini shakllantirish uchun tayyor modular birlashtiriladi.

7.07-rasm. Dasturchilar foydalanadigan kodlash.
Sinov loyihasi
Dasturiy ta’minot ishlab chiqarilishidan avval talab etilgan parametrlarga javob berishini kafolatlash uchun tizim qaysi usuida sinovdan o'tkazilishini o'ylab ko'rish
muhim. Dasturiy ta’minotni sinash strategiyasini u ishlab chiqarilishidan keyingi davrga qoldirish kerak emas. Chunki odatda sinov usuli dasturiy ta’minotga mos
kelishi kerak, aksi emas!
Buning uchun dasturiy ta’minotni ishlab chiqishdan avval sinov strategiyasi zarur bo'ladi. Bunga quyidagilar kiradi:
⫸ dasturiy ta’minot funksiyalarining qaysi qismlari sinovdan o'tkazilishi;
⫸ quyidagilardan iborat sinovdan o'tkazish rejasi:
⫸ amalga oshirilishi kerak bo'lgan sinovlar;
⫸ ushbu sinovlarda foydalaniladigan ma’lumotlar;
⫸ kutilgan natija;
Natijalar kutilgandek bo'lishiga ishonch hosil qilish uchun sinov strategiyasi yechimning barcha qismlarini sinovdan o'tkazishni hamda bu sinov kiritish, chiqarish va saqlash, shuningdek, dasturiy ta’minot bajarishi kerak bo'lgan barcha funksiyalarni sinashni o'z ichiga oladi. Fayl tarkibi hamda tekshirish tartibi imkon boricha ko'proq noto'g'ri ma’lumotlarning aniqlanishini ta’minlash uchun sinovdan o'tkazilishi kerak.
Sinov
Individual modullarning funksionalligi alohida birlik sifatida sinovdan o'tkaziladi. Bu birlik sinovi deb ataladi. Topilgan barcha xatolar haqida modul dasturchisiga xabar beradi va xatoni to'g'rilash dasturchining vazifasiga kiradi. So'ng, xato tuzatilganini tekshirish maqsadida ijobiy natija bermagan sinov qayta bajariladi.
Birlik sinovi yakunlanganidan keyin modullar integratsion sinov uchun jamlanadi. Bu bosqichda barcha modullar bir-biri bilan to'liq muvofiqlashganini tekshirib, loyihaning to'liq funksionalligi va ishlashini sinovdan o'tkazish mumkin. Sinov davomida ham sinov ma’lumotlari, ham real ma’lumotlardan foydalanish kerak. Sinov ma’lumotlari qayta ishlovning muayyan qismi ishlayotganini sinash uchun maxsus tayyorlanadi. 100 ballik imtihon baholarini kiritish imkonini beruvchi tizim bunga misol bo'la oladi. Tekshirish funksiyasini sinovdan o'tkazish 100 dan katta bo'lgan baholarni rad etadi. Tekshirish funksiyasining ishlashini sinovdan o'tkazish uchun 105 qiymatini kiritib, natijani ko'rish kerak. Sinov ma’lumoti yechimning bir qismi bo'la oladigan me’yor chegarasidagi va 105 kabi xato ma’lumotlarni o'z ichiga olishi kerak. Bu kabi sinov ma’lumotlari mos ravishda normal, kritik va noodatiy ma’lumotlar deb nomlanadi. Ma’lumot hajmi singari omillar tizim samaradorligini pasaytirmasligi uchun real ma’lumotlardan foydalaniladi. Sinov ma’lumotlarini batafsil muhokama qilish uchun 20-bobga qarang.

Biror dasturiy ta’minot uzluksiz ishlamasligini to'liq tekshirib bo'lmasligini yodda tuting. Ikkita sonni birbiriga qo'shadigan oddiy dasturni tasavvur qiling.
Mantiqan, uning ishlashini tekshirish uchun 3 va 4 sonlarini kiritish kerak. Agar dastur 7 javobini chiqarsa, sinovdan o'tgan hisoblanadi. 5 va 9 sonlari kiritilsachi?
7 va 3,5 sonlari kiritilsa-chi? Dastur uzluksiz ishlayotganini ko'rsatish uchun cheksiz sonlarni kiritish mumkin, ammo buning imkoni yo'q. Dasturiy ta’minot ishlamayotganini isbotlovchi sinov haqida o'ylab ko'rish to'g'riroq yondashuv bo'ladi.
Agar sinovda xato chiqmasa, demak, u ishlayapti deb taxmin qilinadi. Agar sinov yechimning bir qismi to'g'ri ishlamayotganini ko'rsatsa, shu bobning boshida siz ko'rgan zinapoya modelini ko'rib chiqing. Biror narsa to'g'ri ishlamasa, mutaxassis muammoga sabab bo'lgan loyiha yoki tahlil qismini topish uchun ishni qayta ko'rib chiqishi va unga sinov natijalari asosida yana bir nazar solishi kerak bo'ladi. Spetsifikatsiya yoki loyihaga, yoki ikkalasiga ham o'zgartirish kiritilishi kerak. Mijoz doim sinov rejasining ishtirokchisi bo'lishi kerak. Dasturiy ta’minot kelishilgandek ishlashiga ishonch hosil qilishi zarur. Agar sinov rejaga mos ravishda bajarilsa va natijalar qoniqarli bo'lsa, mahsulot qabul qilinadi va keyingi bosqichga o'tiladi.

7.04 Amalga oshirish
Tizim ishlab chiqarilgan va puxta sinovdan o'tkazilganidan keyin buyurtmachi tashkilotda qo'llaydi. Qo'llashning bir nechta usuli mavjudligi sababli ulardan biri avvaldan tanlab olinishi kerak. Agar batamom yangi tizim ishlab chiqilishi u avval bajarmagan funksiyalarni bajarishi kerak bo'lsa, unda tanlash imkoni bo'lmaydi, tizim o'rnatilishi va ishga tushirilishi kerak. Ammo aksariyat tizimlar eski tizim bajargan vazifaga moslashtirilgan bo'ladi. Shu sabab bir tizimdan boshqasiga o'tishni boshqarish uchun tizimlarni almashtirish rejasi kerak bo'ladi:
➤ Qurilmalar. Yangi tizim uchun zarur bo'lgan yangi qurilmalarni sotib olish va o'rnatish kerak. Barcha eski qurilmalar yetarli darajada yaxshi bo'lishi ham mumkin, ammo buning ehtimoli kam. Korxona faoliyatini to'xtatishi kerak bo'ladi. Shu bilan birga yangi qurilmalarni korxona ishlamagan vaqtda (kechasi yoki dam olish kunlari) o'rnatsa ham bo'ladi.
➤ Ma’lumot fayllari. Qurilma o'rnatilganidan keyin ma’lumot fayllari saqlash qurilmasidan yangi tizimga yuklanadi. Ma’lumotlar to'g'ri kiritilishini ta’minlash maqsadida ma’lumotlarni kiritish uchun xodimlar yollanadi. Tizim ishga tushirilishi oldidan bu ma’lumotlar imkon qadar aniq ekaniga ahamiyat bering. Ma’lumotlar aniq kiritilganini tekshirish usulini tanlash uchun qaror qabul qilish kerak.
➤ Trening. Yangi tizimni qo'llaydigan xodimlarga undan qanday foydalanish kerakligi o'rgatiladi. Agar ular kompyuterlashgan tizim bilan tanish bo'lsa, u holda qo'shimcha mashg'ulotlarga ehtiyoj yo'q. Agar ular kompyuterlashgan tizimdan foydalanishni bilmasa, ularga rejali mashg'ulot o'tilishi kerak. Xodimlar uchun taklif etilgan o'qitivchi mashg'ulot o'tishi mumkin. Buning katta afzalligi bor. Chunki xodimlarning muayyan savollariga javob beradigan shaxs orqali rahbariyat haqiqatan barcha xodimlar tayyorgarlikdan o'tganiga amin bo'ladi. Kamchiligi – xodimlar mashg'ulot vaqtida ishlamaydi. Yana bir boshqa yo'li – darslarni DVDga yozish va qulay vaqtda o'rganishlari uchun har bir xodimga disk nusxasini berish. Buning afzalliklari: xodimlar mashg'ulotlarda qatnashish bilan birga kompaniya faoliyati davom etadi hamda ular o'ziga mos vaqtda o'rganadi. O'zi bilgan qismlarni o'tkazib yuboradi yoki qiyinroq deb topgan ruknlarini qayta o'rganadi. Kamchiligi — xodimlar o'z vaqtlari hisobidan mashg'ulotlarni o'rganadi.

7.08-rasm. Mashg'ulotning ko'rinishi.

Tizimni qo‘llash
Yangi tizim to'rt usulda qo'llanadi. Misol tariqasida nomzodlarning natijalarini saqlash, barcha fanlar bo'yicha har bir nomzodning natijalarini solishtirish, har bir nomzod uchun natijalarni chiqarish va natijalarni xalqaro imtihon markazlariga yuborish uchun tizimning o'zgartirish kerak bo'lgan qismlari ko'rib chiqiladi. So'nggi vaqtda imtihondan o'tuvchi nomzodlarning soni keskin oshgani sababli tizim sekinlashgan va ishonchsiz bo'lib qolganga o'xshaydi.
Yangi tizimga bevosita o‘tish
Eski tizim o'chirilgani va yangi tizim ishga tushgani sababli eski tizimdan foydalanishning imkoni yo'q. Agar biror xato yuz bersa, eski tizimga qaytish imkonsiz va qiyin. Bu oddiy qo'llash usuliga o'xshasa-da, puxta rejalashtirishni taqozo etadi. Barcha fayllar yuklangan va foydalanishga tayyor bo'lishi hamda hamma xodimlarga mashg'ulot o'tilgan va tizim to'liq sinovdan o'tgan bo'lishi talab etiladi. Yuqorida imtihon kengashi haqidagi misolda o'zgartirish vaqtida saqlab qolinishi kerak bo'lgan juda muhim ma’lumotlarni o'z ichiga olgan, natijalarni ishlab chiqaradigan qism to'g'ri ishlamasa, natijalar o'z vaqtida ishlab chiqarilmaydi. Bu tashkilot uchun vaqtning ahamiyati katta ekaniga muhim misol bo'lib, shuning uchun bevosita o'tish usuli mos kelmaydi. Bevosita o'tishning afzalligi – uni qo'llash oddiy va arzon, kamchiligi esa agar to'g'ri rejalashtirilmasa va sinalmasa, tashkilot faoliyati to'xtab qoladi. Bosqichma-bosqich qo'llash.
Bosqichma-bosqich qo'llashda
tizimning bir qismi o'zgartiriladi, qolgan qismi esa eski usulni qo'llashda davom etadi.
Bizning misolda baholarni kiritishning yangi usullari yordamida yangi kompyuterlashgan tizimdan foydalaniladi. Qayta ishlash va natijalarni chiqarish uchun eski tizim qo'llanadi. Bu eski tizimning ma’lumotlarni qayta ishlash qismi yangi tizimning yangi dasturiga almashtirishda yangi kiritish tizimini to'liq sinash imkonini beradi.
Buning kamchiligi shuki, ikkita tizim bir vaqtning o'zida ishlashi natijasida xodimlar bitta ma’lumotni qayta ishlash uchun ikkita har xil tizimdan foydalanishiga to'g'ri keladi. Ammo muhim dasturlarda qo'shimcha ish bajarilishi o'zini oqlaydi. E’tibor bering, barcha fanlar bo'yicha hamma nomzodlarning turli natijalari bir vaqtning o'zida bir xilda ko'rib chiqiladi. Tizim foydalaniladigan ma’lumotlarga emas, qayta ishlash jarayoniga ko'ra taqsimlangan. Tizim to'liq ishga tushgunga qadar keyingi bosqichda tizimning boshqa qismi o'zgartirilishda davom etadi.
Tajriba tariqasida qo'llash
Qo'llashning bu turi bosqichma-bosqich amalga oshirish usuliga o'xshaydi, faqat vazifalarni taqsimlash jarayonlarga emas, balki ma’lumotga qarab amalga oshiriladi. Imtihon natijalari misolidagi barcha IGCSE imtihon natijalarini yangi tizimga o'zgartirish qarori qabul qilinadi. Boshqa malakalar uchun natijalar esa eski tizimda ishlab chiqiladi. Ayrim natijalar uchun butunlay yangi tizimdan foydalanilsa, boshqalari uchun eski tizimdan foydalaniladi. Shu tariqa, agar tizim nosoz bo'lsa, muammo ko'lami kichrayadi.
To'liq qo'llanmagunga qadar xodimlar ikkala tizimdan foydalanishi kerak bo'ladi. Ammo tashkilot uni butun kompaniyaga joriy qilishdan avval ishlovchi tizimdan foydalanish tajribasiga ega bo'ladi.
Bu yerda keltirilgan misol ma’lumotlarni imtihonning turli bosqichlariga bo'lishga asoslangan. Natijalar davlatlar bo'yicha ajratilishi mumkin. Masalan, O'zbekistonning natijalari yangi tizimda, boshqa davlatlarniki esa eski tizimda amalga oshirilishi mumkin. Yoki mavzu bo'yicha ajratish ham mumkin. Matematika fanidan natijalar yangi tizimda, qolgan fanlar esa eski tizimdan foydalangan holda ishlab chiqiladi.
Tajriba tariqasida qo'llash tizimning to'g'ri ishlayotgani va katta muammolar yo'qligiga ishonch hosil qilinganidan so'ng to'liq amalga oshiriladi.
Parallel ishga tushirish
Amalga oshirishning bu usulida ikki tizimni bir vaqtda qo'llash ko'zda tutiladi. Mijoz yangi tizimda xatolar yo'qligiga ishonch hosil qilgunicha bu ikki tizim ikki to'plam natijalarni ishlab chiqargan holda yonma-yon ishlashda davom etadi. Bu misolda ma’lumot ikki marta kiritiladi, natijalar ikkita tizimda saqlanadi, qayta ishlash ikki marta amalga oshiriladi va natijalar ikki marta chiqariladi. Albatta, bunday o'zgartirish usuli qimmat, ammo tashkilot uchun tizim va uning natijalari muhim bo'lsa, bu o'zini oqlaydi. Bu usul tizimni real ma’lumotlardan foydalanib sinashga juda yaxshi imkon beradi. Chunki ikki tizim chiqargan natijalarni tekshirish imkoni mavjud. Agar farq bo'lsa, yangi tizimda xato yuzaga kelganini anglatadi.

7.05 Hujjatlashtirish
Tashkilotga axborot tizimini qo'llab-quvvatlash uchun tizimning har bir qismi qanday ishlashini ta’riflab beruvchi texnik qo(llanma va axborot tizimi foydalanuvchilariga undan qanday foydalanishni tushuntiruvchi foydalanuvchi qo‘llanmasi talab etiladi. Qo'llanmalar tizim ishlab chiqilayotgan vaqtda yaratilishi kerak. Bu, ayniqsa, texnik qo'llanma uchun muhim. Chunki yechim ustida bir nechta odam ishlashi aniq va bunga aloqador har bir shaxs boshqalar nima qilayotganini bilishi shart.
Texnik hujjatlar
Texnik qo'llanma texnik xodim texnika qanday ishlashini tushunishi uchun kerak bo'ladigan yechim haqidagi ma’lumotlarni o'z ichiga oladi. U tizimni yangilash yoki undagi muammoni hal qilish uchun zarur. Unga quyidagilar kiradi:
➤ Tizimning maqsadi: mijoz bilan kelishilgan holda tizim tomonidan halqilinadigan muammoning ta’rifi. Bu ta’rif yechim miqyosini o'lchash vositasini taqdim etadi va bevosita keyingi bandga olib o'tadi.

7.03-jadval. Turli usullarda tizimni qo'llashning afzallik va kamchiliklari.
➤ Tizim cheklovlari: mijoz va tahlilchi o'rtasida o'tkaziladigan birinchi muhokama vaqtida tizimga ayrim cheklovlar qo'yiladi. Masalan, bundan avvalgi bo'limda ko'rib chiqilgan imtihon kengashida mijoz natijalarni markazlarga tarqatishda elektronusulni ham kiritishni istagan bo'lishi mumkin. Ammo tahlilchi texnik-iqtisodiy baholashni amalga oshirganidan keyin bunday amal yakuniy narxga ta’sir qiladi yoki loyiha o'z vaqtida tayyor bo'lmaydi degan qarorga kelingan. Bu tizim uchun cheklov hisoblanadi. Bu masala muhokamaning dastlabki qismida ko'rib chiqilganiga qaramay, bu haqda hujjatning so'ngida xabar berilishi mumkin. Shuningdek, ayrim dastlabki talablarni amalga oshirishda muammolar yuzaga kelishi mumkin. Chunki tizimni yakunlash uchun ajratilgan muddatda ularni tatbiq etib bo'lmaydi.
➤ Tizim blок-sxemalari: to'liq ma’lumot tizimini aks ettiradi va ayrim hollarda tizim arxitekturasi deb nomlanadi.
➤ Dastur kodi: dasturga, ehtimol, tizim-blok sxemalari ko'rinishidagi original dizaynlar kabi ixtiyoriy qo'llanilgan dasturlashning tafsilotlarini kiritish kerak bo'ladi. Bu kodga to'liq izoh berilishi shart.
➤ Izohlar: har bir kod satri nimani bajarishini tushuntiradi va kodning ichiga joylanadi.
➤ Qo‘llangan o‘zgaruvchan qiymatlar ro‘yxati: bu o'zgaruvchan qiymat nomi, qo'llanish sababi va ma’lumot turini o'z ichiga oladi. Ro'yxat ikki maqsadga xizmat qiladi: agar qandaydir texnik xizmat ko'rsatilishi zarur bo'lsa, texnik xodimga yordam berish va o'zgaruvchan qiymatlar qaytarilmasligini ta’minlash.
➤ Fayl tuzilmasi: tizim tomonidan fayllarda qo'llangan barcha kataklarning ma’lumot turlarini belgilaydi. U, shuningdek, fayllar orasidagi bog'liqlikni ham aks ettiradi. Agar tizim ma’lumot bazalaridan foydalansa, u holda bazalarni boshqarish tizimi bu yerga qo'shilishi mumkin bo'lgan fayllar orasidagi aloqalarni aks ettiruvchi ko'rinishga ega bo'ladi. Kelajakda fayl tuzilmasi o'zgartirilishi kerak bo'lgan holda ushbu ma’lumot zarur bo'ladi.
➤ Qurilma va dasturiy ta’minotga qo‘yiladigan talablar: tizim faoliyati uchun zarur bo'lgan qurilmalar ro'yxati, jumladan, zaxira uchun kerakli fayllarning taxminiy hajmi keltirilgan. Serverlar, tashqi qurilmalar, xotira qurilmalari, tarmoq va foydalanuvchi terminalari o'zaro bog'liqligini ko'rsatuvchi lalar mavjud bo'ladi. Dasturiy ta’minot umladan, xarid qilingan, o'zgartirilgan yoki
yozilgan dasturiy ta’minot tafsilotlari kerak. Dasturiy ta’minotning ishlashi uchun kerak bo'lgan tizimga nisbatan qo'yilgan minimal talablar ham keltirilishi lozim.
Validatsiya amallari: validatsiya amallaridan foydalanish sabablari hamda turli sinov usullari haqidagi ma’lumot ushbu bobning boshida keltirilgan. Kiruvchi ma’lumotlarni tekshirishda qo'llanadigan turli tekshirish amaliyotlariga oid tafsilotlar texnik hujjatlarning ushbu ruknida keltirilgan.
Foydalanuvchi hujjatlari
Foydalanuvchi hujjatlari tizimdan foydalanadigan shaxslar uchun taqdim etiladi. Foydalanuvchilarga tizim qanday ishlashining texnik tafsilotlari kerak emas, lekin ular tizimning xususiyatlari va funksional imkoniyatlarini bilishi zarur. Bu hujjat quyidagilarni o'z ichiga oladi:
➤ tizimning maqsadi;
➤ tizimning cheklovlari;
➤ qurilma va dasturiy ta’minotga qo'yilgan talablar;
➤ glossariy.
➤ Tizimning maqsadi – foydalanuvchi tizimdan nima maqsadda foydalanishini tushunishi va shunchaki bayon qila olishidan iborat. Cheklovlar hamda qurilma va dasturiy ta’minot talablari ham xuddi shunday.
Bu rukn uni nima uchun va qanday qo'llash haqida. Glossariy hujjatlarda uchraydigan barcha texnik atamalar bilan tanish bo'lmagan foydalanuvchilar uchun zarur.
➤ Tizimdan qanday foydalaniladi: kiritilishi kerak bo'lgan ma’lumotlar turini, ularni kiritish usuli va formatini o'z ichiga oladi. Masalan, agar narx kiritilishi kerak bo'lsa, nuqtadan keyin doim ikkita raqam kiritish kerakmi? Qanday chiqarish turi talab etiladi? U qanday chiqariladi va qanday ko'rinishda bo'lishi lozim?
➤ Ishga tushirish misollari: foydalanuvchida tizimdan to'g'ri foydalanilganda u qanday ko'rinishda bo'lishi kerakligi haqida tasavvur bo'lishi uchun ayrim dasturiy ta’minotlarning muvaffaqiyatli ishga tushgani ko'rsatilishi kerak. Bular skrinshotlar yoki ma’lumotlarni kiritish va chiqarish ekranlari bo'lishi mumkin.
➤ Xatolar haqidagi xabarlar: har qanday tizimning ishi izdan chiqishi mumkin. Bu holat sodir bo'lganida tizim xatolar haqida xabarlarni chiqara olishi muhim ahamiyatga ega. Foydalanuvchilar xatoga nima sabab bo'lgani va uni qanday hal etish kerakligini bilish uchun xatolarni ko'rishi mumkin. Xatolar haqidagi bu xabarlar tushunarli tilda yozilgan bo'lishi kerak.
➤ Nosozliklarni bartaraf etish qo‘lanmasi: tizimda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan kichik muammolar bo'yicha yordam ko'rsatilishi zarur. Aks hoida har safar muammo yuz berganida texnik xodimni chaqirish kerak bo'iadi. Nosozliklarni bartaraf etish qo'llanmasi foydaianuvchiga aynan qanday xatolar yuz berganini aniqlash va ularni qanday hal etish kerakligi haqida ma’lumot beradi.
➤ Tez-tez beriladigan savollar (FAQ): tajribadan ma’lum bo'lishicha, ko'pgina foydalanuvchilarda muammolar yoki savollar kabi ayrim qiyinchiliklar yuzaga keladi. Bu muammolar ular bilan birga keladigan javoblar qatorida ko'rsatiladi.

7.06 Baholash
Yangi axborot tizimi oddiy biznes-dastur sifatida ishlay boshlaganidan keyin biroz vaqt o'tgach, loyihani ko'rib chiqish vaqti keladi. Talab etilgan parametrlarga muvofiqlikni baholash Yechim ishlab chiqilishidan oldin tizim tahlilchisi va buyurtmachi tashkilot tayyor yechim bajarishi kerak bo'lgan qator vazifalarni kelishib olgan. Bu vazifalar talab etilgan parametr, tizim muvaffaqiyatli ishlashi uchun bajarilishi kerak bo'lgan talablar ro'yxati edi. Agar tizim bu talablarga javob bermasa, muammo hal etilmagan bo'lishi mumkin. Yechim barcha talablar bajarilganidagina muvaffaqiyatli deb hisoblanadi. Sinov rejasi talablar bajarilgani va dasturiy ta’minot undan talab qilingan barcha narsani bajarayotganini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etish uchun tuzilgan.
Bundan tashqari, foydalanuvchilardan tizimni amalga oshirish jarayoni qanday o'tgani va u qanchalik yaxshi ishlayotgani haqidagi fikrlarini so'rash kerak. Chunki odatda foydalanuvchilar kompyuter savodxonligiga ega sinovchilar o'ylamagan muammolarni topadi.
Cheklovlar va takomillashtirish
Baholash natijasida zaruriy o'zgarishlar ro'yxati tuzilishi mumkin.
Ayrim o'zgarishlar talablar xususiyati va taqdim etilgan mahsulotlar o'rtasidagi nomuvofiqliklar – cheklovlarni bartaraf etish uchun zarur. Sinovning bu turi funksional sinov sifatida mashhur. Funksional sinov yechimning mukammalligini yoki u eng yaxshi usulda amalga oshirilayotganini isbotlamasa-da, o'ziga qo'yilgan barcha talablarga muvofiq ekanidan dalolat beradi.
Boshqa o'zgarishlar tizimdan foydalanish vaqtida aniqlangan takomillashtirishlarga, ehtimol, mijozning o'zgaruvchan ehtiyojlariga javob yoki tashqi muhitdagi o'zgarishlarga moslashishiga taalluqli bo'iadi. Doimiy baholash orqali tizimni takomillashtirib borish mumkin. Muammolarni hal qilish yoki takomillashtirishni amalga oshirish uchun avvalgi istalgan bosqichga qaytishingiz mumkinligini ko'rsatuvchi zinapoya modeliga qayting (7.01-rasm). O'zgarishlarni kiritishda texnik hujjatlarga ishora qilish juda muhim. Shuningdek, kiritilgan barcha o'zgarishlarni qayd etish uchun hujjatlarni yangilab borish zarur.
Xizmat ko'rsatish
Tizimdagi o'zgarishlarning ushbu uzluksiz jarayoni xizmat ko'rsatish deb ataladi. Xizmat ko'rsatishning uchta shakli bor:
✓ Xatolarni tuzatish (rejali xizmat ko'rsatish): har qanday murakkab dasturiy ta’minot ishlashida ba’zan xatolar kuzatiladi. Dasturiy ta’minotdagi xatolar baglar deb ataladi. Tizimni qo'llabquvvatlovchi xodimlar bu xatolarni topishi va ularni tuzatishi kerak.
✓ Qo'shimcha funksional imkoniyatlar (moslashuvchan xizmat ko'rsatish): har qanday tashkilotda o'zgarishlar sodir bo'iadi. Original muammo uni tuzatish uchun yaratilgan tizim ishlay boshlagandan keyin o'zgargan bo'lishi mumkin.
Tizimdan boshqa qo'shimcha vazifalar ham talab qilinishi mumkin. Masalan, avvalroq shu bobda keitirilgan misoldagi imtihon kengashi o'z faoliyatini kengaytirib, boshqa mamlakatda ham ish boshladi. Ushbu mamlakat rasmiylari natijalarning nomzod bo'lgan markazlarga muvofiq emas, balki berilgan baholar tartibida taqdim etilishini istashi mumkin.
✓ Samaradorlikni yaxshilash (mukammal xizmat ko'rsatish): tashkilotlar odatda jarayonlarni tezlashtirishni yoki ularning samaradorligini oshirishni istaydi. Yoki tizim foydalanuvchilar bazasining kengayishi yoki qayta ishlanayotgan mahsulotlar soni ko'payishi bilan shunchaki o'zining dastlabki imkoniyatlaridan tashqariga chiqib ketadi. Tizim tahlilchisi ushbu muammolarni hal qilish usullari haqida o'ylashi kerak. Bu usullar uskunalarni o'zgartirish (masalan, yuqori samaradorlikka ega serverlar; 7.05-rasmga qarang) yoki dasturiy ta’minotdagi o'zgarishlar, masalan, bog'lanmagan fayllar o'rniga relyatsion ma’lumotlar bazasidan foydalanishdan iborat bo'iadi.

7.09-rasm. Serverga texnik xizmat ko'rsatadigan kompyuter muhandisi.
Har qanday o'zgarishlar puxta rejalashtirish va ijroni talab qiladi.


Bilimingizni sinab ko‘ring!
Quyidagi vazifalarni daftaringizda bajaring.
7.01. Quyida berilgan tizim xizmat ko'rsatish davrining bosqichlarini mavjud bo'shliqlardan foydalanib to'g'ri tartibda joylashtiring. [6]
Loyihalash ↔︎ Ishlab chiqish va
Joriy qilish ↔︎ sinov
Tahlil ↔︎ Hujjatlashtirish
Baholash
1-bosqich .................................................................
2-bosqich .................................................................
3-bosqich .................................................................
4-bosqich .................................................................
5-bosqich .................................................................
6-bosqich .................................................................
7.02. Tahlil bosqichida amalga oshiriladigan ikkita jarayon nomini keltiring. [2]
a ............................................................................
b ............................................................................
7.03. Tizimning xizmat ko'rsatish davrini sinovdan o'tkazishda foydalanilishi kerak bo'lgan uch xil sinov ma’lumotlari qaysilar? [3]
1 ....................................................................................
2 ...................................................................................
3 ...................................................................................
7.04. Texnik hujjatlarda bo'lishi talab etiladigan oltita bandni ayting.
1 ........................................................................
2 ........................................................................
3 ........................................................................
4 ........................................................................
5 ........................................................................
6 ........................................................................
7.05. Tizimlar xizmat davrining zinapoya modelini tushuntiring. O'z fikrlaringizni ifodalash uchun grafikadan foydalaning. [6]