6-bob.
AKTni turli sohalarga joriy etish
6-bob haqida umumiy ma’lumot
Ellik yil muqaddam, odamlar kundalik hayotida AKTdan foydalanmagan. Hech kimning uyida kompyuter ham, mikroprotsessorli jihozlar ham bo'lmagan. Bugun deyarli hamma odamda mobil telefon, uylarda hayotni osonlashtiruvchi АКТ qurilmalari bor, ofislarida kompyuter va boshqa hisoblash mashinalari mavjud. Bu bobda AKTdan kundalik foydalanishning turmush tarziga ko'rsatgan keskin ta’siri haqida bilib olasiz.
6.01 Kommunikatsiya dasturlari qamrovi
Maktublar, yozma hisobotlar, tarqatma materiallar, axborot xati, telefon va yuzma-yuz uchrashuvlar odamlarning an’anaviy muloqot vositalari hisoblangan. AKTning keng joriy etilishi nafaqat kishilarning, balki tashkilotlarning muloqot usulida katta o'zgarishlar olib keldi. Quyida bir qator dasturlar, texnik va dasturiy ta’minotlarning kundalik va professional hayotga ta’sirini o'rganasiz.
Axborot xati
Maktablar, universitetlar, klublar kabi muassasalar o'zlariga aloqador odamlar uchun hamisha axborot xati tayyorlaydi (6.01-rasmga qarang).
Matn bilan ishlash dasturlari hujjatni osongina tahrirlash imkonini bersa, spell check va grammar check funksiyalari uning sifatini yaxshilashga ko'maklashadi.
Matn bilan ishlash dasturi va DTP nashriyot dasturidagi kerakli tugmalar axborot xatini mukammal formatlash uchun quyidagi imkoniyatlarni taqdim qiladi:
➤ ustunlardan foydalanish;
➤ chekka va oraliq masofalarni o'zgartirish;
➤ belgi o'lchamini sozlash;
➤ Arial yoki Courier kabi turli shriftlarni qo'llash;
➤ Qalin, kursiv, tagiga chizish kabi effektlarni ishlatish;
➤ matnni xatboshidan boshlash;
➤ avtomatik marker belgilari va raqamlash;
➤ matnni tekislash.

6.01-rasm. Ustunlarga yozilgan matn, sarlavhalar, matn maydonlari, yon oraliqlardan foydalanish va rangli tasvirlar aks etgan maktab axborot xati. АКТ dasturlari bu hujjatning tayyorlanishini osonlashtirgan. Axborot xatini tayyorlash uchun foydalanuvchidan amaliy ko'nikma talab etiladi. Hujjatlarni sifatli ko'rinishda, chalg'ituvchi effektlardan xoli, o'qishga qulay yaratish ana shunday ko'nikmalar sirasiga kiradi.
DTP dasturlar juda oz kuch sarflab, ko'plab nashr formatlaridan foydalanish imkonini beradi (6.02-rasmga qarang). Ular hozirda devoriy gazetalar yoki flayerlar tayyorlashda ko'pchilikka qo'l keladi.

6.02-rasm. Odatiy DTP dasturidagi turli shablonlarga misol (bu misol Microsoft Publisher dasturidan olingan).
Nashrga kelsak, DTP (Desktop Publishing) dasturlarida ko'p varaqli hujjatlarga, ikki tomonlama dupleks sahifalarga osongina ishlov berish imkoni mavjud. Hujjatni dupleks chop etish uchun dupleks printer kerak. Aks holda, qog'ozni qo'lda ag'darib turishga to'g'ri keladi. Ko'p varaqli hujjatlarni nashr etish uchun rangli lazerli printer muqobil tanlovdir. Chunki bu ishni purkagichli printerda bajarish ko'p vaqt talab qiladi, siyoh narxi ham qimmat.

Flayerlar va posterlar
Flayerlar va posterlarning dizayni axborot xatinikidan butunlay farq qiladi, ammo ularni tayyorlashda birxil tamoyillarga ergashiladi (6.03-rasmga qarang).

6.03-rasm. Flayer namunasi. Uning dizaynida posternikidan ko'proq matn, axborot xatinikidan ko'proq tasviriy ifodalar aks etadi.

Reklama va korporativ bosma mahsulot uchun qo'llanadigan dasturlar
Reklama va korporativ bosma mahsulotlarga tashrif qog'ozi, rasmiy blankalar, flayerlar, broshyura kabilar misol bo'ladi (6.04-rasmga qarang).
6.04-rasm. Shaxsiy va korporativ reklamaning har xil turlari.
Veb saytlar
Veb sayt - veb sahifalar, matn, grafika, video va audio ma’lumotlar to'plami. Veb sayt internetdagi veb serverga joylashtiriladi. Foydalanuvchilar veb saytdagi ma’lumotlarga veb brauzer orqali ulanadi. Veb saytlar biror shaxs yoki tashkilotni ommalashtirish, ijtimoiy muloqot maqsadlarida qo'llanadi.
Veb sayt yaratish uchun yo o'zingiz kod yozasiz yoki veb sayt loyihalashga mo'ljallangan dasturlardan foydalanasiz (21-bobga qarang). Bu dasturlarning xususiyatlari DTPga o'xshash: dizaynerdan veb saytdagi veb sahifalar maketini tayyorlash talab qilinadi xolos.
Veb saytda boshqa veb sahifa yoki veb saytga o'tish uchun linklar o'matsa bo'ladi. Maktab veb sayti maktab haqidagi ma’lumotlarni ko'rsatish, ota-onalar va boshqa manfaatdor kishilar bilan aloqa o'rnatish uchun foydalaniladi.
Multimedia taqdimoti
Multimedia taqdimotlarda ma’lumotni samarali taqdim etish va tomoshabinning qiziqishini oshirish uchun media turlaridan foydalaniladi. Bunda matn va grafiklardan iborat an’anaviy ekran animatsiyalari, video hamda audio ma’lumotlar bilan to'ldiriladi. Ekrandagi jarayon bilan ovozli matnlarni sinxron joylashtirish mumkin. Taqdimotning bir ekrani boshqasiga almashayotganda e’tiborni jalb etuvchi murakkab o'tish effektlari mavjud. Yakka foydalanuvchi uchun mo'ljallangan taqdimotlarga linklar qo'shish imkoni bor. Linklar kerakli manziliga olib o'tuvchi yo'lak vazifasini bajaradi. Veb sayt taqdimoti yoki kompyuter yordamida o'rganish – CAL paketi taqdimoti multimediaga asoslanadi.
CAL taqdimoti interaktiv bo'lib, mustaqil ta’lim olishni ta’minlash uchun quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
✔ qulay sur’atda o'rganish;
✔ murakkab mavzularni takrorlash;
✔ avvaldan bilgan mavzularni qoldirib ketish.
Bu turdagi taqdimot tarkibida mavjud turli medialar bilan ish jarayoningiz yanada qiziqarli bo'ladi.
Multimedia taqdimoti slayd-shou shaklida ham bo'lib, auditoriyaga proyektor yordamida namoyish qilinadi. Tarmoq do'konlari multimedia taqdimotlari uchun katta ekranlardan foydalanadi. Do'kon ochiq payti taqdimotlar navbat bilan aylanaveradi. Ular tomoshabin e’tiborini jalb qilish maqsadida turfa ranglar, bir tasvirdan ikkinchisiga tezkor va murakkab o'tishlarni qo'llaydi.
Hozir tashkilotlarning muloqot usuli ko'paygan. Shu bois ularning har bir hujjati muayyan o'ziga xoslikka ega bo'lishi kerak. Bu orqali istalgan hujjatning bir qarashda qaysi tashkilotga tegishli ekanini aniqlab olasiz. Tashkilot hujjatlarida bir xil logotip, shrift, ranglar va uslubdan foydalanish korporativ stil deyiladi. Unda tashkilotning umumiy qiyofasi aks etadi.

Reklama va korporativ bosma mahsulot uchun qo'llanadigan dasturlar
Reklama va korporativ bosma mahsulotlarga tashrif qog'ozi, rasmiy blankalar, flayerlar, broshyura kabilar misol bo'ladi (6.04-rasmga qarang).

6.04-rasm. Shaxsiy va korporativ reklamaning har xil turlari.
Partituralar
Bastakor musiqa yozadi, so'ng uni parallel gorizontal chiziqlardan iborat nota yo'liga tushiradi. Belgi o'rni sizga qaysi notani chalishni ko'rsatadi. Partitura – musiqiy asardagi alohida cholg'u va vokal qismlarining birga chop etilishidir (6.05-rasmga qarang).

6.05-rasm. Partitura.
Dasturlar musiqa yozish uchun ham asqatadi. Ularning konsepsiyasi quyidagicha: musiqa asbobi kompyuterga ulansa, notalar chalinayotganda dastur ularni o'qiy oladi Kompyuterlar va elektron musiqa asboblarini ulashning standart usuli – MIDI orqali amalga oshiriladi (6.06-rasmga qarang).

6.06-rasm. MIDI interfeysi biriktirilgan asbob signallarini elektron ma’lumotga aylantiradi. Bu ma’lumot kompyuterda saqlanishi va qayta ishlanishi mumkin.
Ba’zida kerakli ohangni chiqarish uchun birvaqtning o'zida bittadan ortiq musiqa asbobini chalishga to'g'ri keladi. Bu vazifani bajarish uchun bitta musiqa asbobi chalinadi, so'ng partitura dasturi yordamida trekka yoziladi. Agar bastakor undan qoniqsa, keyingi qism boshqa trek sifatida saqlanadi. Bastakor shu tarzda ustma-ust treklar qatlamini shakllantiradi. Kompyuter barcha qismlar uchun partitura chop etib berishi ham mumkin.
Musiqani bu tarzda yozish katta ustunliklarga ega. Jumladan, bastakorning ohangni tinglab, kompozitsiyani tahrirlashi, elektron shaklda dunyoning istalgan qismiga yuborishi hech qancha vaqt olmaydi. Bastakorlar turli manzildan turib, bitta kompozitsiya ustida ishlay oladi.
Aloqa uchun mobil telefonlardan foydalanish
Mobil telefonlar ko'plab maqsadlarga ega va ayrim turlari boshqalariga qaraganda murakkabroq. Barcha mobil telefonlardagi asosiy funksiyalarga telefon qo'ng'iroqlarini amalga oshirish va qabul qilish, SMS xizmati kiradi.
Bundan tashqari, mobil telefonlardan raqamli kamera, o'yinlar o'ynash, GPS navigatsiya, musiqa tinglash, veb sahifalarni ko'rish, elektron pochtaga ulanish, turli dasturlar yordamida boshqa vazifalarni bajarish maqsadida ham foydalaniladi.
Aksariyat mobil telefonlar uchinchi yoki to'rtinchi avlod – 4G tarmoq texnologiyasi orqali internetga ulana oladi. 3G va 4G – mobil qurilmalarga ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatish xizmatini ko'rsatuvchi tarmoq standartlaridir. 3G bilan taqqoslaganda 4G texnologiyasi internetga tezroq ulanish imkonini beradi.

Matnli tezkor xabarlar
Matnli xabarlar mobil telefonlar orqali muioqot qilishning eng arzon usulidir. SMS xizmati esa qisqa xabarlarni tez va oson yuborish imkonini beradi. Kino ko'rish yoki kompyuter o'yinlarini o'ynashda qulaylik yaratish uchun mobil telefonlarning ekrani umumiy interfeysning katta qismini egallaydi. Klaviaturalar hozirda sensorli displeyga birlashib ketgan. Ular ekran boshqa funksiyani bajarayotganda faoliyatini to'xtatib turadi.
Internet telefoniyadan foydalanish
Ovozni internet orqali yuborish protokoli, ya’ni VOIP, “Voice Over Internet Protocol” telefon qo'ng'iroqlarini amalga oshirish uchun ovoz ma’lumotlarini internetdan foydalanib yuboradi. VOIP texnologiyasidan foydalanganda ovoz ma’lumotlari paketlariga ajratiladi va turli yo'nalishlarda manzilga yo'naltiriladi. Ular manzilga yetib borgach, to'g'ri tartibda qayta jamlanadi (4-bobga qarang). Bu texnologiya “paketlar kommutatsiyasi” deb ataladi. VOIP telefoniya, internetga ulanish uchun dastlabki to'lovni hisobga olmaganda, odatda bepul bo'lib, kompyuter va statsionar telefon o'rtasida yoki shunchaki ikkita kompyuter o'rtasida ham aloqani ta’minlashi mumkin.
6.02 Ma’lumotlarni boshqarish dasturlari
Ma’lumotlarni kuzatish, ma’lumotlarni ajratib olish va ma’lumotlar tahlili aksariyat tashkilotlardagi eng muhim vazifalar sirasiga kiradi. Ma’lumotlar tahlili (DA – “Data Analysis”) -nisbatan yangi soha. Unda katta hajmdagi ishlov berilmagan ma’lumotlar tahlil qilinadi va muayyan xulosa chiqarib beriladi. Bu xulosalar esa, masala yuzasidan yakuniy qaror qabul qilishda katta rol o'ynaydi.
So'rovnomalar
Ma’lumotlarni boshqarish dasturining turidan qat’i nazar, ish boshlash nuqtasi — ma’lumotlarni to'plash. Bu bosqich avtomatik yoki so'rovnomalar yordamida bajariladi. So'rovnoma tadqiqotlari ma’lumot to'plash shakllaridan foydalanib amalga oshiriladi. Avvalo qanday ma’lumotlar to'planishi, so'rovnomada qanday savollar so'ralishini belgilab oling. Ma’lumot to'plash shakllari qog'ozda yoki elektron ko'rinishda bo'lishi va bevosita kompyuterda to'ldirilishi mumkin.
Manzillar ro'yxati
Ba’zi so'rovnomalarda yashash manzili, elektron pochta yoki telefon raqami so'raladi. Nima sababdan? Manzillar ro'yxati va kontakt juda qimmatli ma’lumotlardir. Pochta buyurtmalari bilan ishlovchi tashkilotlar ehtimoliy mijozlarga reklama varaqalari yuboradi. Shu sababli ismlarva manzillar ro'yxati ularga biznesini kengaytirish vositasi sifatida xizmat qiladi. Masalan, go'zallik va kosmetika mahsulotlarini onlayn sotishga ixtisoslashgan kompaniyani oling. Birinchi va eng qimmatli ma’lumotlar bazasi – kompaniyadan mahsulot xarid qilgan barcha mijozlarning ro'yxati. Bu ro'yxatdagi har bir kishining kompaniya mahsulotlariga qiziqishi isbotlangan, chunki ular avval nimadir sotib olishgan.

To‘garak va jamiyat yozuvlari
To'garaklar va jamiyatlarda o'z a’zolari haqidagi ma’lumotlar saqlanadi. Bu ma’lumotlar to'garakning muayyan a’zosini qidirib topish va bog'lanish uchun qo‘l keiadi, shuningdek, muayyan ma’lumotni izlash uchun ham foydalaniladi. Masalan, maktab jamoasini shakllantirish uchun to'garakning ma’lum yosh guruhidagi barcha a’zolarni aniqlashda ma’lumotlar bazasi eng zarur vositadir.
Maktab hisobotlari
Maktab hisobotlarini tayyorlashda AKTdan foydalanishni tushunish uchun hisobotlarda qanday ma’lumotlar aks etishini bilib olishingiz kerak:
▶ O‘quvchilarga oid ma’lumotlar: o'quvchining ismi va u o'qiyotgan sinf nomi. Bu ma’lumot kompyuter tizimida avvaldan mavjud bo'lib, har bir o'quvchining xos papkasida saqlanadi.
Agar hisobot shabioni kompyuterda saqlansa, tizim maktabdagi har bir o'quvchi yoki muayyan sinfyoki sport jamoasi a’zolari uchun hisobot to'plamini tayyorlab beradi. Bu hisobotlar electron ko'rinishda saqlab qo'yiladi, ularga istalgan payt qo'shimcha ma’lumot kirita olasiz.
▶ O‘quvchilarning o‘zlashtirishi: o'quvchining ta’lim oiish faoliyatini baholaydi. Unda ma’lumotni yozgan o'qituvchining ismi ham aks etadi.
▶ O‘quvchilarning davomati: maxsus jurnalga qayd etib boriladi. Kompyuter bir zumda o'quvchi qoldirgan darslar soatini yoki kechikib kelgan darslar miqdorini hisoblab, natijalarni hisobotga kiritadi.
▶ O‘qituvchining qaydlari: o'qituvchining sinfidagi har bir o'quvchi haqidagi professional fikrlari. Yozish mumkin bo'lgan fikrlar soni cheklangan, shu bois bir fikr bir nechta o'quvchi uchun takrorlanishi mumkin. Qaydlar to'plami kompyuter tizimida saqlanadi. O‘qituvchi bir o'quvchiga tegishli qaydlarni tanlaydi, kompyuter ularni hisobotga qo'shadi. Bu to'plam "fikrlar banki” deb ataladi.
✔ Hisobot sanasi: kompyuter uchun hisobot tayyorlangan sanani shaklga qo'shish oson. Qo'shimcha sifatida u hisobot qaysi chorak uchun taqdim etilayotganini ham ko'rsatishi mumkin. Bu holatda xuddi shu ma’lumot har bir hisobotda ko'rsatiladi.
Hisobotlar tayyorlanib, qog'ozga chop etiladi yoki elektron shaklda ota-onalarga yuboriladi.
Maktab kutubxonalari
Katta kutubxona tizimlarining faoliyatini ko'rsatish uchun beshta kitob va oltita o'quvchiga ega kichik kutubxona yetarli. Kutubxonadagi tizimlar nafaqat muayyan kitobning mavjudligini aniqlash, o'quvchining kutubxonaga a’zoligini tekshirish uchun, balki kitob olgan bolalarni (6.01-rasmga qarang) hamda fonddagi kitoblarni (6.02-rasmga qarang) nazoratda saqlash uchun ham xizmat qiladi.

6.01-jadval. Maktab kutubxonasidagi o'quvchi fayli.

Kutubxonalarda kompyuter tizimlari asosan qaysi kitoblar o'qishga berilgani va kimda ekanini kuzatish uchun kerak. Buning uchun kutubxona ma’lumotlar bazasida yangi hujjat yaratiladi. Ayni vaqtda ijaraga olingan kitobni kuzatish uchun qaydlar jadvali (6.03-jadvalga qarang) deb ataluvchi yana bir hujjat kerak. Ular o'quvchilar va ijaraga olingan kitoblarning ISBN raqamlarini o'z ichiga oladi. Endi yuqoridagi uchta hujjat F.I.SH. va ISBN maydonlari tashqi kalit sifatida bir-biriga ulanadi.

Kutubxonachi kitobning qayerdaligini, ijarada bo'lsa qachon qaytarilishini aniqlash uchun kitobning nomini biiishi kifoya. Masalan, Samira Jordani muallifligidagi “Meteorologiya” kitobini asar va yozuvchi nomidan foydalanib kitoblar faylidan qidirib topgach, ISBN raqamini oladi. So'ng kitob qayerdaligini aniqlash uchun ISBN raqamini qaydlar fayliga kiritadi. Bizning misolda “Meteorologiya” kitobi foydalanish uchun o'quvchi Fayziyev tomonidan olingan. Endi kutubxonachi shu familiyani tizimdagi o'quvchi faylidan qidiradi. Natijada Fayziyev 6-“A” sinfda o'qishini aniqlaydi. Shu tariqa, kutubxonachi o'quvchini topib, kitob bo'yicha gaplasha oladi.

6.03-jadval. Maktab kutubxonasidagi qaydlar fayli.
E’tibor bering, ikkita tashqi kalitlar to'plamiga ega uchta fayldan foydalanish samarali natija beradi.

6.03 0 ‘lchov dasturlari
O'lchov dasturlari muayyan qiymat yoki qiymatlar to'plamini o'lchashga xizmat qiladi. Kerakli elementning o'lchamini aniqlash uchun kompyuterlar optimal tanlovdir. Bunda o'lchovni ifodalash uchun kompyuterga ba’zi ma’lumotlar kiritiladi. Sensor qurilmalar bu ma’lumotlarni avtomatik tarzda o'lchab, natija qiymatlarni kompyuterga qaytaradi. Ko'p hollarda o'lchash uchun analog ma’lumotlar kiritiladi. Jarayon davomida ular kompyuter tizimi o'qiy olishi uchun raqamli shaklga o'zgartiriladi. Kiritish qurilmalari hisoblangan sensorlarga oid batafsil ma’lumot 2-bobda berilgan.
АКТ ma’lumotlarni yuqori aniqlikda o'lchash borasida insonlarni ortda qoldiradi. Ob-havo stansiyasida (6.07-rasmga qarang) o'lchov ishlarini aniqlik bilan amalga oshirish juda muhim. Chunki o'lchangan ma’lumotlardan ob-havo prognozi ishlab chiqiladi. Xuddi shu kabi, kimyoviy reaksiya vaqtida reaktor kolbasidagi haroratni ham aniq o'lchash talab qilinadi. Agar harorat pasayib ketsa, reaksiya to'xtaydi, aksincha, yuqori harorat tufayli kolba yorilib ketishi mumkin.

6.07-rasm. Avtomatik ob-havo stansiyasi. Unda qayta quvvatlanadigan batareya, ma’lumot yozish moslamasi va turli sensorlar joylashgan.
Avtomatik ob-havo stansiyasi tarkibi:
- Anemometr (Shamol tezligi sensori): Odatda stansiyaning eng yuqori qismida joylashgan, aylanuvchi kurakchalar. Shamol qanchalik tez bo'lsa, u shunchalik tez aylanadi.
- Shamol parraklari (Shamol yo'nalishi ko'rsatkichi): Shamol qaysi tomondan (shimol, janub, sharq, g'arb) esayotganini aniqlaydi.
- Piranometr (Quyosh radiatsiyasi sensori): Quyoshdan kelayotgan nur energiyasini o'lchaydi.
- Pluviometr (Yog'in o'lchagich): Voronka shaklidagi idish bo'lib, yomg'ir miqdorini (mm hisobida) aniqlaydi.
- Termometr va Gigrometr (Harorat va namlik datchiklari): Maxsus oq rangli, teshikli qopqoq (Stivenson ekrani) ichiga yashirilgan bo'ladi. Bu qopqoq ularni quyosh nuri va shamoldan himoya qilib, aniq o'lchashni ta'minlaydi.
- Barometr (Bosim sensori): Atmosfera bosimini o'lchaydi (odatda asosiy blok ichida bo'ladi).
- Quyosh paneli: Stansiyani elektr energiyasi bilan ta'minlaydi.
- Ma'lumotlar yig'uvchi blok (Data Logger): Barcha datchiklardan kelgan signallarni raqamlarga aylantirib, xotirada saqlaydi va bazaga yuboradi.

Aniqlik va xavfsizlik – o'lchov uchun AKTdan foydalanishning yagona sababi emas. Uzoq vaqt davom etadigan o'lchov ishlari odamlarning yodidan ko'tarilishi yoki aniq belgilangan vaqtda o'lchay olmasligi mumkin. АКТ tizimlari esa quyidagi afzalliklarga ega:
⇛ Aniqlik: АКТ odam intellektiga qaraganda aniqroq va tezroq o'lchaydi.
⇛ Ishonchlilik: АКТ o‘z vazifasini hamisha amalga oshiradi.
⇛ To'g'rilik: АКТ o'lchovni to'g'ri vaqtda bajaradi.
⇛ Qulaylik: АКТ o'lchov ishlarini bajarishda birovga xalal bermaydi.
⇛ Kompyuter yozgan ma’lumotlar inson yozgan ma’lumotlarga qaraganda oson va tez tahlil qilinadi.
⇛ Avtomatlashtirilgan tizimlar har qanday vaziyatda faoliyat yurita oladi. Bu esa odamlarga ijtimoiy va maishiy yumushlar uchun qo'shimcha vaqt yaratadi.
Ilmiy tajribalar
Shunday ilmiy taj'ribalar borki, ularda protsessorlar o'lchov ishlarini bajarib, olingan qiymatlar asosida qaror qabul qiladi. Ilmiy tajribalarda sensorlardan
foydalanishning ahamiyati nimada?
➤ O'tkazilayotgan tajriba insonlar sog'lig'i uchun xavf tug'dirsa, sensorlardan foydalanish qo'l keladi.
➤ Ilmiy tajribalarda o'lchovlarning aniqligi juda muhim, chunki natijalar shunga asoslanadi.
➤ O'lchovlar to'g'ri vaqtda, kechikmasdan bajarilishi kerak. Aks holda, tajriba natijasi shubha ostiga tushadi.
➤ Turli omillarning tajribaga xalal berishining oldini olish zarur, sababi bu natijalarga ta’sir ko'rsatadi.
Harorat sensorlari ko'p vaziyatlarda qo'llanadi. Misol uchun, ular kolbada reaksiyaga kirishayotgan kimyoviy moddalarning haroratini o'lchashga, muhandislik ustaxonasida dvigatel haroratini aniqlashga xizmat qiladi.
Yorug'lik sensorlaridan foydalanish hollari kamroq kuzatiladi. Ular, masalan, o'simliklarning o'sishi bo'yicha biologik tajribada qo'llanadi. Olingan ma’lumotlar o'simliklarning turli sharoitlaridagi o'sish darajasini aniqlash bo'yicha tajribaning bir qismi sifatida qo'llanishi mumkin. Shuningdek, yorug'lik sensorlari muayyan vaqt oralig'idagi yorug'lik darajalarini o'lchashda foydalaniladi. Tajribalar davomida bosim sensorlariga ham ehtiyoj tug'iladi. Ular ayniqsa kimyoviy tajribalarda alohida o'ringa ega.
Ayrim reaksiyalar faqat muayyan bosim ostida amalga oshirilganda natija beradi, shuning uchun kompyuter to'g'ri bosim darajasidan foydalanilishini ta’minlashi kerak. Qolaversa, kimyoviy reaksiyalarda ko'pincha o'z holatini o'zgartiruvchi va yirik miqdorda gaz hosil qiluvchi kimyoviy moddalar qo'llanadi. Agar bitta reaktor idishda saqlansa, katta bosim yuzaga kelishi kuzatiladi. Kuchli bosim esa odamlar uchun xavfli vaziyatlarni keltirib chiqaradi.

6.08-rasm. Analog signallar doimiy ravishda o'zgarib turadi; raqamli signallar yo yoniq (1), yoki o'chiq (0) bo'ladi.
Analog ma’lumotlar deyilganda audio yoki video signallar, doimiy o'zgaruvchan to'lqinlar tushuniladi. Raqamli ma’lumotlar ikkilik shaklga asoslanadi.
(6.08-rasmga qarang). Misol sifatida chiroq vklyuchatelini oling: yoniq yoki o'chiq bo'lish raqamli shakl sanaladi, chunki unda faqat ikkita holat mavjud.
Vklyuchatel o'rniga dimmerdan (chiroqni yumshoq pasaytiruvchi/ko'taruvchi vklyuchatel turi) foydalanilsa, bu analog shakl bo'ladi. Insonlarning tovushi, musiqa notalari singari barcha tabiiy signallar analog hisoblanadi.

6.09-rasm. Analog signallarni raqamli signalga aylantirish.
Analog signallarni kompyuterlar tushunmaydi. Shu bois ular avval raqamli shaklga o'zgatiriladi, so'ng kompyuterlarga kiritiladi (6.09-rasmga qarang).
Analog-raqamli konvertor (ADC) signallarni kerakli shaklga moslab, kompyuterga yetib borishida vositachilik qiladi.
Ekologiya nazoratida mikroprotsessorlar va kompyuterlar o‘rni Ekologiya nazorati atrof-muhit ifloslanishini nazorat qilishni o'z ichiga oladi. Ko'pincha bu atrof-muhitdagi ifloslanish darajalarini o'lchash, natijalar bo'yicha uzoq muddatli hisobot tuzishdan iborat. Bu jarayonda kompyuterlar beminnat ko'makchi bo'lib kelmoqda.

6.10-rasm. Avtotransport vositalaridan chiqayotgan zararli gazlar.
Kompyuterlarni quyidagi maqsadlarda qo'llash mumkin:
➤ so'nggi qayd qilingan darajalarni tushunarli ifodalash uchun grafiklar chizish;
➤ uzoq vaqt davomida ma’lumotlarni saqlash va foydalanuvchi natijalarni so'raganda hisobot berish;
➤ natijalarni elektron jadvalda saqlash va foydalanuvchiga kelgusi darajalarni prognoz qilish imkonini berish;
➤ ma’lumotlarni jadval yoki grafik shaklida tayyorlash va nashr uchun yuborish.
Tirband yo‘l chorrahalari yaqiniga joylashtirilgan maxsus sensorlar ekologiya nazoratining bir ko'rinishi. Lining yana ko'plab turlari bor. Biz yashab turgan atrofmuhitning istalgan hududi nazorat qilinishi mumkin.

Shifoxonaning jonlantirish bo‘limlarida mikroprotsessor va kompyuterlardan foydalanish
Shifoxonaning jonlantirish bo'limida katta hajmdagi ma’lumotlar qayta ishlanadi va qo'llanadi. АКТ bemorlar parvarishini yaxshilash uchun asosiy yordamchi bo'lib xizmat qiladi. Masalan:
✔ bemorning klinik ma’lumotlarini (kasallik daftarini) oson topish;
✔ xatolarni kamaytirish;
✔ sifat standartlariga rioya etilishini ta’minlash;
✔ bemorning hayot beigilarini kuzatish;
✔ qaror qabul qilishga yordam berish.
Ko'rib turganingizdek, jonlantirish bo'limida АКТ tizimlari va bemorlarning parvarishi o'zaro bog'liq. АКТ tizimlari oilaviy poliklinikalarda tibbiy qaydlarni boshqarishni ham qulaylashtiradi.
6.04 Boshqaruv dasturlaridagi mikroprotsessorlar
Kompyuter boshqaruvi muayyan turdagi dasturlarga ishora qilib, ular yordamida kompyuterlar nafaqat o'lchov vazifalarini bajaradi, balki atrofdagi qurilmalarga buyruq berib, nima qilish kerakligini boshqarib turadi.
Boshqaruv dasturlari vazifalarni aniqlash uchun oldindan o'matilgan qiymatlardan foydalanadi. Masalan, harorat oldindan o'rnatilgan qiymatdan pastga tushsa, issiqxonada isitkich yoqiladi.
Toshbaqa grafika
Toshbaqa grafika kompyuter boshqaruviga misol bo'ladi. Uning tarkibidagi buyruqlar yordamida siz kompyuterga aniq ko'rsatmalar berasiz, kompyuter esa topshirilgan vazifani ado etadi. Quyidagi chizmalarning har birida toshbaqa uchburchak shaklda aks etgan. Toshbaqa o'rnini qanday shaklda ifodalash ahamiyatli emas, muhimi u o'zi yo'nalgan tomonni ko'rsatishi kerak. Toshbaqa odatda uchburchak yo'nalgan tomonda joylashadi.
Oldinga harakatlanish
Toshbaqa grafikaning buyruqlari ikki qismdan iborat:
birinchisi – vazifa nomi, ikkinchisi – kompyuterga qancha vazifa bajarilishi qiymati. Masalan, FORWARD 5 buyrug'i toshbaqaga 5 ta katak oldinga harakatlanish kerakligini aytadi (6.11-rasmga qarang). Bu har doim ham to'g'ri bo'lmaydi. Asl buyruq so'zi – FORWARD, lekin har safar foydalanishda uni to'liq yozish foydalanuvchini zeriktiradi. Shu sababli har bir buyruq so'zning qisqartirilgan shakli ishlab chiqilgan.
FORWARD 5 (FD 5) 
6.11-rasm. Oldinga harakatlanish.
Orqaga harakatlanish BACK 5 (BK 5) 
6.12-rasm. Orqaga harakatlanish.
Bu buyruqdan keyin toshbaqa orqaga yuradi (6.12-rasmga qarang), lekin undan kamdan kam hollarda foydalaniladi. Chunki muqobil ravishda to'liq burilib, so'ng oldinga harakatlansa bo'ladi. Yonga burish Toshbaqani yon tomonga qaratadigan ikkita buyruq bor. Ular toshbaqaning qaysi tomonga qancha burilishni ko'rsatadi. Son burilish kerak bo'lgan burchakdagi darajalar qiymatidir. Toshbaqani chapga (6.13-rasmga qarang) yoki o'ngga (6.14-rasmga qarang) burish mumkin.

6.13-rasm. Chapga burish.
E’tibor qiling, tasvirda toshbaqa xuddi o'ngga siljiganga o'xshaydi. Lekin toshbaqaning oldinga harakatlanish chizig'ini tasavvur qilsangiz, u chapga burilganini ko'rasiz. Toshbaqani burishda diqqatingizni qochirmang, aks holda osongina chalkashib ketasiz.

6.14-rasm. O'ngga burish.
Toshbaqa harakatlanganda ortidan qoladigan chiziqni o'chirib qo'ysa bo'ladi. Buning uchun toshbaqani harakatlantirishdan oldin PENUP buyrug'ini kiriting. Bu
buyruqdan keyin son qiymati kiritilmaydi.
Shundan so'ng toshbaqa, to PENDOWN buyrug'ini berilmaguncha, ortidan iz qoldirmay harakatlanadi. Aytaylik, siz tomonlari 4 ta katakdan iborat kvadrat chizmoqchisiz. Buning uchun quyidagi buyruqlar bajariladi:
(FD 4) FORWARD 4 (FD 4)
(RT 90) RIGHT 90 (RT 90)
FORWARD 4 (FD 4) FORWARD 4 (FD 4)
RIGHT 90 (RT 90) RIGHT 90 (RT 90)
Natijalar 6.15-rasmda ko'rsatilgandek bo'ladi.

6.15-rasm. Qalamni harakatlantirish.

Bu grafikadan foydalanganda, toshbaqa sahifa bo'ylab harakatlanar ekan, RIGHT va LEFT buyruqlarini chalkashtirib yuborish juda oson. Keyingi buyruqni kiritishdan avval hamisha toshbaqa sizga qaramaqarshi tomonga yo'nalganiga ishonch hosil qiling. Buni grafikani chizish vaqtida sahifani harakatlantirish orqali
bajarsangiz bo'ladi.
Takrorlash
Kvadrat chizish uchun birxil buyruqlar to'plamini takrorlashingizga to'g'ri keladi va bu sizni zeriktirishi hech gap emas. Siz bu buyruqlarni yozishga osonroq qilib qisqartira olasiz. Keling, kvadrat chizish buyruqlarini ko'rib chiqaylik, quyidagi buyruqlarning har biri to'rt martadan takrorlangan edi:
FORWARD 4, RIGHT 90
Ularni bir qatorga kiritish uchun bir-biridan ajratib ko'rsatiladi va orasiga vergul qo'yiladi.
FORWARD 4, RIGHT 90
Endi quyidagi bir juft buyruqlar bir martadan ko'proq bajariiishi kerak:
REPEAT FORWARD 4, RIGHT 90
Bizga bo'sh joy kerak emas. Muhimi – qaysibuyruqlarni takrorlashni aniq ko'rsatish! Demak, takroriy buyruqlar qavs ichiga joylanadi:
REPEAT (FORWARD 4, RIGHT 90)
Bu buyruqdan keyin toshbaqa kvadrat chizishi turgan gap. Muammo shundaki, u chizishdan to'xtamaydi. Sababi unga ishni tugatish buyrug'i berilmadi. Vaziyatni to'g'rilash uchun kompyuterga qavs ichidagi buyruqlarni necha marta bajarish kerakligini kiritish kifoya. Hozirgi misolda buyruqlar 4 marta takrorlanishi kerak, chunki kvadratning 4 tomoni bor:
REPEAT 4 (FORWARD 4, RIGHT 90)
REPEAT buyrug'i imtihon uchun zarur buyruqlarning eng oxirgisidir.

Avtomat gaz plitalar boshqaruvi
2-bobda avtomat kiryuvish mashinalari muhokama qilingan edi. Quyida avtomat gaz plitalarni ko'rib chiqamiz. Avtomat gaz plitada foydalanuvchi ikkita ma’lumot kiritadi: taom tayyorlash uchun kerakli harorat va pishirish muddati. Sensor gaz plitalardagi haroratni o'lchaydi, mikroprotsessor esa qizitish elementlarini boshqarib, haroratni birdek saqlab turadi, pishirish vaqti yakunlangani haqida xabar berish uchun chiroq va signalni boshqaradi.

6.16-rasm. Avtomat gaz plitasida mikroprotsessor so'raydigan savollar va qabul qiladigan qarorlar grafigi.
Markaziy isitish tizimi va konditsioner kontrollerlari
Boshqaruv dasturlari oltita omilga tayanadi. Quyida ushbu omillar keltirilgan:
- Kiritiladigan ma’lumotlar: foydalanuvchi kiritadigan ma’lumotlar: xona haroratining kerakli darajasi; tizim ishga tushadigan vaqt; tizim ishni to'xtatadigan vaqt. Tizim kiritadigan ma’lumotlar: harorat sensori xonadagi real haroratni kiritadi; soat vaqt ma’lumotlarini beradi.
- Istalgan natija: bizning misolda xona foydalanuvchi kiritgan haroratga yetguncha isitiladi yoki sovitiladi. Bu faqat tizim yoqilishi kerak vaqtlarda bajariladi.
- Nazorat elementi: mikroprotsessor isitish qozoni (isitish tizimi uchun) yoki konditsionerni (sovitish tizimi uchun) nazorat qiladi.
Ish jarayoni: mikroprotsessor dastlab vaqtni o'zidagi soat yordamida foydalanuvchi tizimning yonishi uchun o'rnatgan vaqt bilan tekshiradi va buyruqni beradi.
Tizim shu vaqtga yetib, yonganida mikroprotsessor vaqtni foydalanuvchi tizimning o'chishi uchun o'rnatgan vaqt bilan solishtiradi va yana buyruq beradi. Tizim shu vaqtga yetgach, o'chadi va mikroprotsessor tizimni qayta yoqish zaruratini aniqlash uchun vaqtni yana taqqoslab chiqadi.
U, shu bilan birga, tizim yoniq payti harorat sensoridagi haroratni o'qiydi va uni oldindan o'rnatilgan, kerakli harorat bilan solishtiradi. Agar harorat past bo'lsa (isitish tizimi), mikroprotsessor xona belgilangan darajada iliguncha isitish qozonini yoqib turadi. Agar harorat yuqori bo'lsa (sovitish tizimi), xona salqinligi kerakli darajaga tushguncha konditsionerni boshqaradi.
- O'lchov oralig'i. Tizim yoniq payti mikroprotsessor harorat sensorini doimiy ravishda nazorat qilib turishi kerak. Lekin isitish qozoni yoki konditsioner xona haroratini o'zgartirishi uchun muayyan vaqt ketadi. Shu sababli o'lchov kechikishi besh daqiqa atrofida belgilanishi kerak.
- Xato holatlari: agar xona harorati o'zgarmayotganbo'lsa, bu eshik yoki deraza ochiqligini, isitish qozoni to'g'ri ishlamayotgani yoki konditsioner buzilganini anglatishi mumkin. Mikroprotsessor tizim haroratni boshqara olmayotgani haqida foydalanuvchiga xabar beradi.